Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi töğrisida maʼlumot tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Dastlabki axborotga köra, 2021 yil 9 dekabr kuni soat 07:30larda, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumani hududidan ötgan Toşkent - Olmaliq avtomobil yöli 36-kilometrida yöl-transport hodisasi yuz bergan.
Qayd etilişiça, tumanli ob-havo şaroitida, yölning köriniş masofasi kamligi sababli bir yönalişda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan "Damas", "Nexia", "Spark", "Nexia-3" rusumli avtomobillar hamda "Isuzu" rusumli avtobus iştirokida töqnaşuv sodir bölgan.
Töqnaşuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. YTH yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida suriştiruv olib borilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilmoqda.









