Avvalroq rejissyor Ahad Qayum kino mutaxassilari tomonidan bir xil janrda film olayotgani uçun tanqidga uçragani haqida yozgan edik. Qayumning barça filmlarida ayollar xörlanganini yoki tahqirlanganini köriş mumkin, demoqda "everyday.uz".
Rejissyorning özi nima sababdan bunday filmlar olişiga izoh berdi. U bu haqda «Oçiqçasiga gaplaşamiz» şousida gapirdi.
Qayumning aytişiça, uning jamoasida 20 kişi işlaydi. Ularning umumiy örtaça oyligi 200-300 mln sömni taşkil etadi. Rejissyor u pul işlab topayotgan va özining jomoasiga katta mablağ tölayotgan bir vaqtda, uning boşqa hamkasblari qarzdor bölib qolayotganini va 90 foiz rejissyorlarning qarzi borligini aytdi.
“Biz heç qaçon professionallikka daʼvo qilmaganmiz. Biz uşbu işda işlaydigan professionallarga doim hurmat bilan qaraganmiz”, – deydi Qayum özining filmlari profesionallikdan ança uzoqda ekanini tan olib.









