Özgidromet çang-qumli böron sababini maʼlum qildi

Özgidromet çang-qumli böron sababini maʼlum qildi

Mamlakatimizda kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron xodisalari kuzatilmoqda.

Hodisaga Özgidromet izoh berdi.

Qayd etilişiça, 2021 yil 4 noyabr kuni Özbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelişi haqida xabar berilgan.

«Sovuq front zonasida şamolning 12-15 m/s gaça, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gaça kuçayişi kuzatildi.

Şamol kuçayişi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarildi va respublikaning bir qator tumanlarida körinuvçanlik 500-1000 m gaça pasayib, çang-qumli ğubor holatini keltirib çiqardi.

Atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oşdi.

Ayni damda şamol tezligi 5-10 m/s va tunggi 24:00gaça prognoz qilinadi», deyiladi xabarda.

×