"Jahon aka, bosing! Biz sizga işonamiz!" Ahad Qayum Jahongir Otajonovni özbek sanʼatida yangi qiziqçi deb atadi (video)

Avvalroq Jahongir Otajonov prezidenlikka nomzodini qöymoqçi ekanini va niyati jiddiyligini  aytib ikki marta murojaat qilgani haqida xabar bergan edik. Uşbu murojaatlardan söng Axad Qayum munosabat bildirib, Jahongir Otajonovni qiziqçi deb atadi:

Men bugun qiziqçilik sanʼati haqida gapirmoqçiman. Barçangizga maʼlum sönggi yillarda sanʼatimiz maydonida yaxşi qiziqçilar çiqmay qoldi. Eng oxirgi çiqqan söz ustasi Avaz Oxun. Töğri filmlarda rol öynayotgan komik aktyorlarimiz bor. Ammo yakkaxon, millionlab muxlislarga ega qiziqçi yöq edi. Lekin özbek şou biznesida yangi qiziqçi paydo böldi. Bu Jahongir Otajonov! Bu qiziqçimiz keçagi birinçi murojaatidanoq köplab kulgu ixlosmandlarini xursand qila oldi. Bundan buyoğiga ham Jahongir aka milliy qiziqçilik sohamizga öz hissasini qöşişiga tilakdoşmiz. Omad, Jahon aka, bosing! Biz sizga işonamiz. Siz "nomer odin" qiziqçi bölib ketasiz, deydi Axad Qayum.

×