Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatida “Özbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” tomonidan amalga oşirilayotgan Şörtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalaş bazasida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş loyihasi Bangladeşdan işçilar olib kelinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bangladeşdan 900 kişining olib kelinişi “Özimizda qança işsizlar bor, nega ular işga qabul qilinmayapti?” qabilidagi haqli eʼtirozlarni keltirib çiqardi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bunga munosabat bildirdi. Aniqlanişiça, Bangladeşdan işçilar mavjud tartib asosida olib kelinmagan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 oktyabrdagi “Şörtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalaş bazasida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-1206-son qarorining 18-bandida “Özbekneftegaz” AJ va “Uzbekistan GTL” masʼuliyati çeklangan jamiyati buyurtmalari asosida xorijiy mutaxassislarni örnatilgan tartibda jalb qilinişi közda tutilgan.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi 244-sonli “Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaroriga muvofiq xorijiy fuqarolar Özbekiston hududida işlaş uçun tasdiqnomalar olişi belgilangan.
“Uşbu qaror bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasiga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisida”gi Nizomga köra, içki mehnat bozorini himoya qiliş hamda fuqarolarining mehnat qiliş huquqini taʼminlaş maqsadida, iş beruvçi çet el fuqarosiga Özbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi tasdiqnomani oliş maqsadida Taşqi mehnat migratsiya agentligiga murojaat qiliş lozim.
Lekin şu kungaça “Özbekneftegaz” AJ, “Uzbekistan GTL” yoki loyiha boş pudratçisi, “ENTER Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi mazkur tasdiqnomani oliş uçun murojaat qilmagan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, “Özbekneftegaz” AJ va “ENTER Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi, şuningdek, Taşqi işlar vazirligidan Şörtan gaz-kimyo kompleksining metan tozalaş bazasida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş loyihasi uçun jalb qilinayotgan xorijiy iş kuçi töğrisida tegişli maʼlumotlar söralgan va örganilmoqda.
Şu bilan birga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur loyihani amalga oşiriş doirasida talab qilinadigan böş iş örinlariga mahalliy işsiz aholini jalb etiş, ularning malaka darajasi yetarli bölmaganda bepul kasbiy öquv kurslarini taşkil etiş böyiça hamkorlikka tayyorligini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Mazkur masalani örganiş natijalari böyiça qöşimça maʼlumot beriladi.









