Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizga olib kelinayotgan koronavirusga qarşi vaktsinalar inson organizmi uçun zararli ekani, ayniqsa, Xitoyda işlab çiqarilgan vaktsina juda xavfliligi töğrisida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda. Bu esa odamlar orasida turli tuşunmovçiliklarga sabab böldi.
Mazkur holat yuzasidan SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari Nurmat ATABEKOVGA murojaat qildi:
— “COVID-19” infektsiyasiga qarşi samarali kuraşiş, uşbu xavfli xastalikdan xalos böliş bugun insoniyat kun tartibidagi eng muhim masala bölib qolmoqda.
Aytiş lozimki, mana şunday oğir va murakkab davrda dunyo olimlari tomonidan koronavirusga qarşi yaratilayotgan vaktsinalar uşbu kasallikning oldini oliş va pandemiyani töxtatiş uçun barçamizga katta umid va işonç bağişlamoqda.
Biroq, afsuski, aksariyat mamlakatlar qatori Özbekistonda ham aholini koronavirusga qarşi ommaviy emlaş tadbirlari boşlangaç, ijtimoiy tarmoqlar hamda aholi orasida turli asossiz va heç qanday mantiq va haqiqatga töğri kelmaydigan miş-miş va yolğon xabarlar tarqalişi avj oldi.
Ayniqsa, Özbekistondagi emlaş tadbirlarida mutlaqo iştirok etmagan va mamlakatimizga olib kelingan vaktsinalar haqida yetarli maʼlumotga ega bölmagan ayrim yurtdoşlarimizning çet elda turib, xalqimiz orasida vaktsinaga nisbatan işonçsizlik uyğotişi, uning tarkibi, inson organizmiga taʼsirlari haqida yolğon maʼlumotlar tarqatişi açinarli, albatta.
Aslida bunday odamlarning vaktsinalarni zararli deyişiga heç qanday asosli fikri yöq va ularning gap-sözlari quruq safsatadan boşqa narsa emas. Boisi, ular uşbu vaktsinalarni işlab çiqariş va sinov jarayonlarida, qolaversa, yurtimizdagi emlaş tadbirlarida iştirok etmagan.
Vaholanki, mutaxassis, şuningdek, Özbekiston va Xitoy hamkorligida işlab çiqarilgan “ZF-UZ-VAC 2001” vaktsinasining 3 dozasi bilan emlangan fuqaro sifatida aytişim mumkinki, yurtimizga olib kelinayotgan barça vaktsinalar qatorida uşbu vositaning ham sifati va samaradorligi mutaxassislar tomonidan töliq isbotlangan.
Qolaversa, soğlom fikr bilan öylasak, bugun vaktsinadan boşqa uşbu kasallikni yenga oladigan birorta ham samarali vosita körinmayapti. Yaʼni kasallarni röyxatga oliş, bemorlarni şifoxonalarga yotqiziş va davolaş bilangina bu xastalikni yenga olmaymiz. “COVID-19” infektsiyasini oldini oliş uçun esa jamoaviy immunitet kerak. Jamoaviy immunitet faqat ikki yöl – ommaviy kasallaniş va emlaniş bilangina şakllanadi.
Biroq birinçi yöl – ommaviy kasallaniş naqadar xavfli yöl ekaniga ötgan bir yildan ortiq vaqt davomida barçamiz guvoh böldik. Şunday ekan, yagona yöl – emlaş orqali mustahkam immun qörğonini şakllantirişimiz kerak.
Aholining 60-70 foizida immunitet bölmas ekan jamoaviy immunitetni, bu orqali barqaror epidemiologik vaziyatni taʼminlay olmaymiz.
Maʼlumki, bugun dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatori Özbekistonda ham 18 yoşdan yuqori bölgan fuqarolarni “COVID-19”ga qarşi ommaviy emlaş uçun barça şaroitlar yaratib berildi. Ayni paytga qadar mamlakatimizga 7,4 million doza vaktsina olib kelindi. 3,5 million nafardan ortiq fuqaro esa uşbu kasalikka qarşi emlandi.
Şunday ekan, bu kabi asossiz xabarlarga işonmasligimiz, aksinça barçamiz davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanişimiz lozim. Zero, bu özimiz va yaqinlarimiz salomatligi uçun juda muhim.
Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati.









