«Life» yozişiça, doğistonlik UFC çempioni Habib Nurmagomedovning gonorari ança oşgan.
Çempionning otasi Adbulmannop Nurmagomedov Abu-Dabida Dastin Porega qarşi ötkaziladigan jangda Habibning uluşi qança ekanligini maʼlum qildi. Agar bir yil avval Konor Makgregorga qarşi jang uçun rossiyalik sportçi 2 million yevro atrofida pul işlagan bölsa, bu safar u kamida 6 million yevro oladi.
«Gonorar 3–3,5 baravar köp böladi. Maydalaşib ötirmaymiz, öz narximizni bilamiz. Ikki million — biz uçun kamlik qiladi, çunki hozir eng yaxşisi bizmiz. Eng zörlarni yengdik, bundan keyin ham eng yaxşilar bilan jang qilişga tayyormiz. Biz nomdorroqmiz — buni hamma biladi. Zalga kirganda körasiz: Poreni qanday qarşilaşadi-yu, Habibni qanday kutib olişadi, — dedi Abdulmannop Nurmagomedov TASSga bergan intervyusida.
Habib jangga qizğin tayyorlanyapti. U taroziga çiqiladigan juma kuniga qadar ortiqça olti kilogramm vazndan qutulişi şart.
Eslatib ötamiz, UFC çempionligi uçun Pore va Nurmagomedov örtasidagi jang Abu-Dabi (BAA)da 7 sentyabr kuni bölib ötadi.









