Armaniston taslim böldi. Toğli Qoraboğda uruş tugaydi

Armaniston taslim böldi. Toğli Qoraboğda uruş tugaydi

Toğli Qoraboğda uruş töxtadi. Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğda harbiy harakatlar töxtatilişi haqida maʼlum qildi. Bu haqda Hukumat rahbari Facebook’dagi rasmiy sahifasida bayonot berdi. 

Paşinyan uruş töxtatilişi uçun juda oğir va qiyin bayonot imzolaganini maʼlum qilgan. Unda şunday deyiladi:

“Aziz vatandoşlar, opa-singillar va aka-ukalar.

Men özim va sizlar uçun juda qiyin qarorni qabul qildim.

Men Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari bilan Qoraboğ uruşini [10 noyabr kuni] soat 01:00 da töxtatiş haqida bayonotni imzoladim. Eʼlon qilingan bayonotning matni şaxsan men uçun va xalqimiz uçun nihoyatda oğriqli.

Men bu qarorni harbiy vaziyatni çuqur tahlil qilib va undan yaxşi xabardor bölgan odamlarning baholaşlariga köra qabul qildim. Şuningdek, qarorim hozir paydo bölgan vaziyatda bu mavjud eng yaxşi yeçim ekanligiga asoslangan. Bularning barçasi haqida yaqin kunlarda batafsil gapirib beraman.

Bu ğalaba emas, lekin toki siz özingizni mağlub hisoblamas ekansiz, mağlubiyat ham emas. Biz heç qaçon özimizni mağlub sanamaymiz, bu bizning milliy birligimiz va uyğoniş asrimizning ibtidosi bölişi lozim.

Biz kelajagimizni rejalaştirib, ötmiş xatolarini takrorlamasligimiz uçun mustaqillik yillarimizni tahlil qilişimiz kerak.

Men barça şahidlarimiz oldida tiz çökaman. Vatanini joni bilan himoya qilgan va qilayotgan barça askarlarimiz, zobitlarimiz, generallarimiz, köngillilarimiz qarşisida egilaman. Ular Artsax armanlarini qutqarişda jonbozlik körsatişdi.

Biz oxirigaça kuraşdik. Va biz ğalaba qozonamiz. Artsax turibdi.

Armanistonga şon-şaraflar! Yaşasin Artsax!

Nikol Paşinyan”.

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Toğli Qoraboğda uruşni butkul töxtatiş haqida qöşma bayonot imzolaganini tasdiqladi.

“Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan va RF Prezidenti Vladimir Putin Toğli Qoraboğda öt oçişni va harbiy harakatlarni töliq töxtatiş haqida qöşma bayonot imzoladi”, degan Peskov.

Avvalroq, Ozarbayjon Toğli Qoraboğdagi eng muhim şahar Şuşani nazoratiga olgani haqida xabar bergan edik. Navbatdagi möljal esa Qoraboğ poytaxti Xonkandi (Stepanakert) şahri bölib turgandi.

Toğli Qoraboğ mojarosi

Rasmiy Bakuga köra, Armaniston Qurolli Kuçlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boşlab Ozarbayjonga qarşi keng kölamli provokatsiyalarni amalga oşirdi, butun front böylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, şuningdek, oldingi çiziq zonasida joylaşgan aholi punktlarini öqqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuçlari tomonidan boşlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli töqnaşuvga nisbatan javob hujumlari boşlaganini rasman eʼlon qilib, Armaniston çegarasidagi tinç aholi vakillarini çegara hududlaridan çetga çiqişlarini söradi.

Holat böyiça Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan çiqib, töqnaşuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Paşinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati eʼlon qiliş haqidagi farmonga imzo çekdi. Şuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik eʼlon qiliş haqidagi hujjatni imzoladi. 

Ozarbayjon va Armaniston örtasida keskinlik avj olgandan keyin Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Taşqi işlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytişga çaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Paşinyan bilan muloqot qilib, masalani tinç yöl bilan hal etişni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuç va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani maʼlum böldi. Şu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdöğan turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qöllab-quvvatlaşini eslatdi. 

Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi Toğli Qoraboğ mojaroli zonasidagi vaziyat köp jihatdan Rossiyaga boğliq. Rossiya Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşining doimiy aʼzosi, şuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQŞ, Rossiya va Frantsiya Toğli Qoraboğ masalasida qöşma bayonot eʼlon qildilar.

×