Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik bilan şuğullanuvçi Bobur Ğaniyev Uçtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan uşlanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 30 sentyabr kuni taxminan soat 23.30 larda Uçtepa tumani «Farxod» bozori röparasida ötkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» profilaktik tadbiri davomida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epika rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bölgan avtomaşina töxtatilgan. Transport vositasi haydovçisi 1993 yilda tuğilgan Abror Kozubayevning (internet tarmoğida «Abror bloger» nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekşirilgan. Şu jarayonda Epika rusumli avtomaşinada yölovçi sifatida ötirgan 1987 yilda tuğilgan Bobur Ganiyev (internet tarmoğida «Avtobloger Bobur Ganiyev» nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal kötargan. IIO xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Şundan söng transport vositasining haydovçisi A.Kozubayev, yölovçilari B.Ganiyev va O.Salimovlar Uçtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiriş va tekşiruv ötkaziş jarayonida B.Ganiyevning şaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, natijasi böyiça töplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qiliş uçun sudga taqdim etiladi.
Hurmatli fuqarolar! Unutmang, işni har tomonlama, töla va xolisona örganilişiga tösqinlik qiliş maqsadida turli şaklda qonunga xilof ravişda taʼsir ötkazişga uriniş jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi. Şaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyat uçun, uning kasbi va faoliyat turidan qatʼiy nazar, javobgarlik muqarrar.









