Samarqandda «avtomoyka» xodimi mijozning maşinasini olib qoçdi

Samarqandda «avtomoyka» xodimi mijozning maşinasini olib qoçdi

25 yoşli xodim yuviş uçun qoldirilgan mijozning “Gentra” avtomaşinasini olib qoçdi. Uni uşlaş uçun maşina oynasi sindirişga töğri keldi.

Samarqandda avtomaşina yuviş şoxobçasi xodimi mijozning avtomobilini olib qoçdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

30 oktyabr kuni soat 17:30 da 21 yoşli D.E. Samarqand şahar Kimyogarlar qörğoni Sayqal köçasida joylaşgan avtomaşinalarni yuviş şoxobçasiga kelib, özining “Gentra” avtomaşinasini yuvdiriş uçun 25 yoşli xodim Ş.A.ga qoldirgan.

Bundan foydalangan Ş.A. avtomaşinani öt oldirib, uni nomaʼlum tomonga olib qoçib ketgan.

U maşinani boşqarib ketayotgan vaqtida aniqlanib, majburiy tartibda töxtatilgan. Şunga qaramasdan Ş.A. IIO FMB xodimlariga faol qarşilik körsatgan. Natijada uni uşlaş maqsadida avtomaşina eşigi oynasi sindirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ş.A.ga nisbatan Özbekiston JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ş.A. ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. U 10 yilgaça qamalişi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda avtomaşina yuviş şoxobçasiga işga kirmoqçi bölganlar töğrisidagi maʼlumotlarni tekşiriş kuçaytirilişi xabar qilingan edi.

×