Navoiyda ayol kişi YPX xodimining bodikamerasi va "jezl" tayoqçasini olib qoçdi (video)

Navoiyda ayol kişi YPX xodimining bodikamerasi va "jezl" tayoqçasini olib qoçdi (video)

Navoiy viloyati, Navoiy şahar hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi "Matiz" rusumli transport vositasini töxtatib tekşirgan vaqtida, haydovçining transport vositasini boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi yöqligi maʼlum bölgan.

YPX xodimi haydovçiga nisbatan tegişli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirib, transport vositasini vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga olib ketgan. Haydovçi bozorlik qilganligini aytib, yöl-yölakay yaşaş manziliga mahsulotlarni taşlab çiqişini söragan. YPX xodimi odamgarçilik yuzasidan rozi bölgan.

Haydovçi yaşaş manziliga kirib, opasi bilan qaytib çiqqan va jarima maydonçasiga özi emas opasi borişligini aytgan. YPX xodimi haydovçining özi borişini söragan, ammo opasi transport vositasining old örindiğiga çiqib olgan.

YPX xodimi avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtida haydovçining opasi sababsiz baqir-çaqir qilib, tösatdan avtomaşina rulini burib yuborgan.

Xodim transport vositasini töxtatgan. Ayol YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqçasini olib boşqa transport vositasiga ötirgan va yöl-yölakay bodikamera tugmalarini bosib, öçirişga uringan. Bodikamera esa işlaşda davom etgan. YPX xodimi ayolni jaxl ustida ekanligini körgan va köçada tortişmasdan, holat yuzasidan belgilangan tartibda bildirgi orqali viloyat IIB boşliği nomiga murojaat qilgan.

Ayol esa biroz vaqt ötib, olib ketgan bodikamerasi va jezl tayoqçasini kötarib viloyat IIB YHXB boşliği qabuliga kelgan. 

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy şahar prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.   

×