Toşkent şahrida tijorat banki masʼullari fuqaroning omonatdagi 500 ming dollaridan 300 ming dollarini uning nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylaştirib, özlaştirgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat departamentning Sergeli tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlangan. Tekşiruvda tijorat banklaridan birining masʼul şaxslari fuqaro I.M.ning bankdagi 500 ming AQŞ dollarlik omonatidan 300 ming dollarni uning nomidan qalbaki ariza va boşqa hujjatlarni rasmiylaştiriş orqali özlaştirib, talon-toroj qilgani maʼlum bölgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.









