Prezidentning yangi farmoni: köp piyoda yurganga köp pul tölanadi

Prezidentning yangi farmoni: köp piyoda yurganga köp pul tölanadi

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş böyiça oxirgi yillarda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Uşbu hujjatlar doirasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida oxirgi uç yilda sport bilan şuğullanuvçi umumiy aholi soni 4,8 mln nafardan (14,7 foiz) 5,6 mln nafargaça (16,5 foizga), şu jumladan, sport bilan şuğullanuvçi 30 yoşgaça bölgan yoşlar soni 20,8 foizdan 28,5 foizga oşirildi.

Sportçilar tomonidan xorijiy davlatlarda ötkazilgan jahon va qitʼa çempionatlari, jahon kubogi kabi nufuzli xalqaro musobaqalarda jami 991 ta medal (355 ta oltin, 305 ta kumuş, 331 ta bronza) qölga kiritildi.

Şu bilan birga, jahonda COVID-19 koronavirusi pandemiyasining yuzaga kelişi dunyo mamlakatlari qatori Özbekistonda ham mamlakatimiz aholisining soğliği, jismonan salomatligi, soğlom hayot keçiriş darajasi zaif ekanligini körsatdi.

COVID-19 koronavirus infektsiyasi, avvalo, yurak-qon tomir va nafas oliş yöllari hamda semizlik (ortiqça vazn) kasalligiga çalingan fuqarolarimizning soğliğiga salbiy taʼsir körsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan köplab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan köz yumişiga sabab böldi.

Barçamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz keçib, ommaviy sport bilan doimiy şuğullaniş, töğri ovqatlaniş tamoyillariga rioya qiliş, xususan, tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklarni, non mahsulotlarini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilmaslikni, bir söz bilan aytganda soğlom turmuş tarzini kundalik xayotimizga kiritişimiz zarur ekanligini bugungi davrning özi taqozo etmoqda.

Global pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumşatiş hamda har bir fuqaroda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam şuğullaniş hamda soğlom turmuş tarzi böyiça hayotiy könikmalarini şakllantiriş orqali aholida kasallikka qarşi kuçli immun tizimini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soğlom turmuş tarzini hayotga keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

Uşbu Farmon bilan:

1) aholi örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda — yuriş, yuguriş, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va köça fitnesi)ni sportning ustuvor turlari etib belgilaş;

2) aholini kunlik yuriş va yugurişga tarğib qiliş maqsadida «Soğlom turmuş tarzi» (www.1hls.uz) platformasini yaratiş.

Bunda:

bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoşdagi Özbekiston Respublikasi fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming söm;

bir oyda bir marta tuman (şahar) böyiça eng köp yurgan şaxsga 300 ming söm, hududlar böyiça eng köp yurgan şaxsga 500 ming söm, respublika böyiça eng köp yurgan şaxsga 1 mln söm qöşimça ravişda platformadagi elektron hamyoniga ötkaziladi;

(moliyalaştiriş aholi salomatligi uçun zararli bölgan mahsulotlar işlab çiqaruvçilardan maxsus yiğim joriy etiş hisobidan amalga oşiriladi)

3) har bir tuman markazi va şaharlarda piyoda va velosipedda yuriş uçun «Salomatlik yölaklari»ni taşkil etiş. Bunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

piyodalar va velosiped yölaklarining umumiy uzunligi 3-5 kmni taşkil etişi hamda özaro uzviy boğliq bölişi;

zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritiş tizimlari va yoruğlik qaytaruvçi, yölaklarning boşlanişi, oraliği va yakunini körsatuvçi yöl belgilari bilan töliq taʼminlanişi;

piyodalar va velosiped yölaklarini barpo etişda alohida harakatlaniş imkoniyatlarini yaratiş hamda nogironligi bölgan şaxslar uçun «tösiqsiz muhit» taşkil etiş;

4) hududlarda yangidan barpo etilayotgan köp qavatli turar joylar quriş böyiça tasdiqlangan amaldagi şaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş:

aholi soni va uy-joylarning joylaşuvini inobatga olgan holda, şuningdek, taşkilotlarning tegişli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonçalarini taşkil etiş;

mahallalar, qişloqlar, tumanlar va şaharlarni boğlovçi avtomobil yöllari, piyoda hamda velosiped yurişi uçun möljallangan «Salomatlik yölaklari»ni quriş;

5) 204 ta tuman (şahar)dagi 9 146 ta mahalla fuqarolar yiğinida har çorakda «Soğlom turmuş tarzi rivojlangan mahalla» tanlovlarini taşkil etiş;

(tanlovda birinçi örinni egallagan mahalla 10 mln söm, ikkinçi örin uçun 5 mln söm va uçinçi öringa 3 mln söm miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi. Pul mukofoti mahallalarda sport maydonçalarini taşkil etiş va ularni jihozlaşga yönaltiriladi)

6) maktabgaça va umumtaʼlim muassasalarini birlamçi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlaş;

(uşbu maqsadlar uçun 2021 yilda 6 021 ta maktabgaça taʼlim taşkilotiga 2 mln sömdan, 9 942 ta umumtaʼlim muassasasiga 5 mln sömdan ajratiladi)

7) davlat organlari va taşkilotlarida soğlom turmuş tarzi va ommaviy sportni rivojlantiriş maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boşlab:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga «Sport tarğibotçisi» qöşimça vazifasini yuklaş va uning iş haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilaş yölga qöyiladi;

iş vaqtidan söng haftada kamida bir marta rahbar va barça xodimlari jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari (yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqalar) bilan şuğullanişi taʼminlanadi;

har şanba kuni soat 14:00 dan söng xodimlar va ularning oila aʼzolari örtasida yuguriş, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suziş va boşqa sport turlari böyiça ommaviy sport musobaqalari taşkil etiladi;

birinçi rahbarlar «Şaxsiy namuna» tamoyili asosida özlarining antropometrik körsatkiçlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytiriş, salomatlikni mustahkamlaş) yaxşilaş orqali xodimlarning antropometrik körsatkiçlarining yaxşilanişiga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi;

8) davlat organlari va taşkilotlarining kasaba uyuşmalari va iş beruvçilari örtasidagi jamoa şartnomalarida:

iş kuni davomida işlab çiqariş gimnastikasi maşqlari;

texnologiya, işlab çiqariş va iş şaroitlaridan kelib çiqib, xodimlariga işlab çiqariş gimnastikasi maşqlarini bajarişi uçun iş vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslarni belgilaş joriy etiladi;

9) umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida darslar oraliğida (katta tanaffus vaqtida) «Sport daqiqasi» jismoniy maşqlari, darslar boşlanişidan oldin 2 daqiqa nafas oliş maşqlarini ötkaziş amaliyotga joriy etiladi;

10) umumtaʼlim maktablarida 2021/2022 öquv yilidan boşlab barça sinflarda jismoniy tarbiya fanini haftada 2 soatdan öqitiş taşkil etiladi.

  1. Farmonda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş orqali quyidagi natijalarga erişiş imkoniyati yaratiladi:

tuman (şahar) va mahallalarda jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş infratuzilmasi şakllantiriladi;

(9 146 ta mahallada 18 292 ta jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport maydonçalari, 2021-2022 yillarda 204 ta tuman (şahar)da jami 831 km piyodalar va velosiped yölaklari barpo etiladi)

taʼlim muassasalarining sport infratuzilmasi rivojlantiriladi;

(2021—2025 yillar davomida 600 ta umumtaʼlim maktabida sport zallari quriladi, sport inventarlari bilan jihozlaş uçun har yili 9 942 ta maktabga hamda 6 021 ta maktabgaça taʼlim taşkilotiga zarur mablağlar ajratiladi)

aholining barça qatlamlari, ayniqsa, bolalar va yoşlar orasida sport tarğiboti kuçaytiriladi:

a) boğça yoşidagi bolalar «Bolalikdan sportga», «Tonggi gimnastika» kabi sport maşğulotlarini ötkaziş natijasida soğlomlaştiriladi;

b) umumtaʼlim maktablarida «Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxşiroq bajar!», «Quvnoq startlar» sinflararo sport musobaqalarini ötkaziş natijasida sport bilan şuğullanuvçi öquvçilar soni oşadi;

v) oilalar örtasida ötkaziladigan «Otam, onam va men — sportçilar oilasi!» sport musobaqalarini ötkaziş natijasida ommaviy sport bilan şuğullanuvçilar soni 6,1 mln.ga oşadi.

2025 yilga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanadigan aholining umumiy soni kamida 30 foizga yetkaziladi.

×