Prezidentning yangi farmoni eʼlon qilindi

Prezidentning yangi farmoni eʼlon qilindi

Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunçilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştiriş böyiça özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Şunga köra:

  • Sudyalar oliy kengaşi raisi va aʼzolarini, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylaş tartibi belgilandi;
  • yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar qonun bilan belgilanişiga oid talabdan kelib çiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday çeklovlar bekor qilinadi;
  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorini belgilaşda insonning munosib turmuş darajasini taʼminlaş zarurati hisobga olinadi.

Vazirliklar, Boş prokuratura va Oliy sud 2024 yil 1 yanvargaça özlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştiriş böyiça Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

 Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

  • mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlaş, şu jumladan, mulkdor öz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan taşqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilişi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib çiqib, uşbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilaş;
  • insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq çeklanişi mumkinligi töğrisidagi konstitutsiyaviy talab asosida barça qonunosti hujjatlarini qayta körib çiqiş;
  • davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy taʼsir çoralari mutanosiblik printsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerakligi töğrisidagi konstitutsiyaviy normadan kelib çiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir çoralarini qayta körib çiqiş;
  • uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlaş, heç kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilişi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib çiqib, qonunosti hujjatlarini qayta körib çiqiş;

Özbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi töğrisidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta körib çiqiş.


Teglar:
×