1 noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?

1 noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?

Özbekistonda joriy yilning 1 noyabridan turli qaror va farmoyişlar kuçga kiradi. Jumladan:

Psixologik yordam körsatiş tizimi joriy etiladi

Tuman (şahar) “Inson” ijtimoiy xizmat körsatiş markazlarida oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan şaxslarga psixologik yordam körsatiş tizimi joriy etilmoqda.

Davlat organlarining kadrlar hujjatlari maxsus platformada saqlanadi

Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida inson resurslarini boşqariş bilan boğliq barça maʼlumotlar va hujjatlar hrm.argos.uz elektron platformasida şakllantiriladi va qayd etiladi.

Xonadonlarga keng polosali internetni olib kiriş dasturi işga tuşiriladi

“Sönggi mil” tamoyili asosida tadbirkorlik subʼektlari bilan hamkorlikda aholini keng polosali internet bilan taʼminlaşga qaratilgan dastur yölga qöyilmoqda.

Hokimlar uçun şaharsozlik kurslarini taşkil etiladi

Quriliş vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar va hududiy taşkilotlar rahbarlarining şaharsozlik sohasidagi bilimlarini oşirişga qaratilgan öquv maşğulotlari taşkil etiladi. 

Avtomobil raqamlarini beriş stavkalarini oşiriş

Avtotransport vositalariga röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari (RÖDRB) uçun bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 3,5 baravari miqdorida tölov belgilanadi. Uşbu summa avvalgi belgilangan miqdorning 2 barobaridan ham köp. 

Şuningdek, mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RÖDRB uçun BHMning 1,75 baravari miqdorida pul mablaği tölanadi.

Umra ziyorati taşkilotçilariga yangi talablar joriy etildi

Umra xizmatlarini körsatiş faoliyati böyiça quyidagi qöşimça litsenziya talablari va şartlari joriy etilmoqda:

  • 100 ming AQŞ dollaridan kam bölmagan mablağlarni Turizm qömitasining Xavfsiz turizm jamğarmasiga zaxira qilib qöyadi;
  • umra xizmatlari davomida ziyoratçilarning guruh rahbari etib Özbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan şartnoma asosida uning diniy bilim va könikmalarga ega bölgan mutaxassislarini tayinlaydi;
  • umra xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga körsatiş taqiqlanadi;
  • umra xizmatlarini Saudiya Arabistoni podşohligidagi hamkor taşkilot örtasida imzolanadigan şartnomaga muvofiq amalga oşiradi.

Aholiga beriladigan mikrokredit miqdori 2 barobarga oşişi mumkin

Unga köra, uşbu qonunning 5-moddasidagi aholiga ajratiladigan mikrokredit miqdori 50 million sömdan 100 million sömga özgartiriladi. Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş esa Markaziy bank va boşqa manfaatdor taşkilotlarga yuklanadi. 

Hujjat loyihasi 31 oktyabrga qadar regulation.gov.uz portalida muhokamaga qöyilgan. Har bir fuqaro uşbu jarayonda ovoz berişi mumkin. Agar uşbu Qonun muhokamadan ötsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Aeroport hududidagi kameralar ham jarima soladi

Maʼlum qilinişiça, aeroport hududida örnatilgan qoidalarga rioya etmaganlarga jarima soliş böyiça tizim joriy yilning 1 noyabrdan boşlab avtomatik ravişda işlay boşlaydi. Şu vaqtgaça yuriş qoidalariga rioya qiliş va yöl ötkazgiçda harakatni tartibga soliş aeroport xodimlari tomonidan amalga oşirilayotgandi.

Aeroport estakadasida bir vaqtning özida 30 tagaça avtomobil bölişi mumkin. Sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda bu raqam 17 tagaça kamayadi. Uzoq turişni rejalaştirayotgan haydovçilarga jönaş terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalaniş tavsiya etilmoqda.

1 noyabrdan “svet”ni limitdan köp işlatganlar 2-3 yoki 4 baravar haq tölaydi

1 noyabrdan boşlab elektr energiyasining quvvati örtaça oylik isteʼmol miqdoridan oşib ketgan III guruh isteʼmolçilariga:

  • 1 001 dan 5 000 kVt soatgaça isteʼmol uçun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
  • 5 001 dan 10 000 kVt soatgaça isteʼmol uçun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
  • 10 000 kVt soatdan yuqori isteʼmol uçun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar ösuvçi koeffitsiyent qöllaniladi.

Ekologik huquqbuzarlik sodir etganlar uçun jazo turi oğirlaştiriladi

2023 yil 1 noyabrdan ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obʼektlarga nisbatan moliyalaştiriş, kreditlaş va boşqa moliya operatsiyalarini töxtatib turiş mexanizmi joriy etiladi.

Bundan taşqari, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplaş bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obʼektini tiklaş va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinişini taʼminlaş majburiyati yuklatiladi.


Teglar:
×