Özbekiston notariat tizimi Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzo böldi. Bu haqda Xalqaro Notariuslar Ittifoqi Assambleyasi qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ittifoq aʼzoligiga kiriş uçun davlatlar notariat tizimi quyidagi yuqori standartlarga javob beriş talab etiladi:
• tizimda nodavlat notariuslar (xususiy notariuslar) faoliyatining mavjudligi;
• notariat sohasini tartibga soluvçi qonun hujjatlari lotin notarial modeliga muvofiq bölişi;
• mulkçilikka oid milliy qonunçilik hujjatlarining xalqaro xususiy huquq normalariga mutanosib bölişi va boşqalar.
“Özbekistonda 2020 yildan xususiy notariuslar faoliyati yölga qöyilgandan söng, aʼzolik uçun ariza berilgan edi. Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari maxsus delegatsiya Özbekistonga kelib, bizning notariat tizimimizni töliq örganib ketgaç, ijobiy baho berildi va Ittifoq Assambleyasi bir ovozdan Özbekistonni Ittifoq aʼzoligiga qabul qildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bugungi kunda Ittifoqqa 90 dan ortiq davlatlar aʼzo.









