Islombek Qutfiddinov Ilhom öğli Özbekiston «Yoshlar - kelagimiz» jamğarmasi ijro etuvçi direktori Xayrullo Sattorovning 2020 yil 2 oktyabrdagi buyruği bilan mazkur jamğarmaning Namangan viloyati filiali rahbari etib tayinlandi.
Islombek Qutfiddinov 1991 yil 29 iyulda Namangan şahrida tuğilgan. Maʼlumoti oliy, 2011 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan, mutaxassisligi iqtisodçi. Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyatini 2011 yilda «Vodiy yoğoç savdo» xususiy korxonasida direktor örinbosarligidan boşlagan, keyin direktorlik qilgan. 2015 yildan «Imron tekstil group» xususiy korxonasi rahbari hamdir.
U 2018 yildan beri «Yoshlar - kelajagimiz» jamğarmasi Namangan şahar filiali rahbari lavozimida işlab kelayotgan edi. Saxovatli va faol tadbirkor Islombek 2017 yilda Prezidentimiz tomonidan «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan.









