
Namangan şahar hokimligi va Xalq deputatlari Namangan şahar Kengaşi yoşlar bilan işlaş masalasida yangi iş uslubini amaliyotga joriy etişni boşladi. Bu haqida Namanganliklar.uz ommaviy axborot vositasiga Xalq deputatlari Namangan şahar Kengaşi deputati Muzaffar Jamolitdinov maʼlum qildi.
Yangi uslubga köra endilikda yoşlar murojaatlari sessiyalarda tinglanib murojaatlarni xal etiş böyiça joyida qarorlar qabul qilinadi.

Xalq deputatlari Namangan şahar Kengaşining XXI-sessiyasida uşbu amaliyot dastlabki tajriba sinov tariqasida joriy etildi. Uşbu sessiyada şaharning 29 nafar yoşlari murojaatlari tinglanib, murojaatlarni xal etiş böyiça masʼullar biriktirildi. Yoşlar murojaatlarini xal etişni esa nazorat qiliş deputatlar zimmasiga yuklatildi.

Bu amaliyot şu jixati bilan samaraliki endilikda yoşlarning har bir murojaati ijrosi deputatlar nazoratida bölgani uçun xal etilmasdan yoki eʼtiborsiz qoladigan murojaatlar bölmaydi.
Deputatlar esa öz saylov okrugida yaşaydigan yoşlarni murojaatlarini xal etilişi ustidan örnatilgan nazorat va natijalar böyiça keyingi sessiyalarda Kengaşga axborot berib boradi.

Qolaversa yoşlarni Xalq deputatlari şahar Kengaşi sessiyalarida iştirok etişi oçiqlik siyosatini Namangan şahridagi amaliy isboti bölib xizmat qiladi.









