​​YANGI NAMANGAN TUMANIGA HOKIM TAYINLANDI

​​YANGI NAMANGAN TUMANIGA HOKIM TAYINLANDI

Namanganda xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengaşining navbatdan taşqari birinçi sessiyasi bölib ötdi.Sessiya işini Namangan şahar hokimi Ğofurjon Jamolov olib bordi. Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Şavkat Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan sözga çiqdi.Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev joriy 18-19 fevral kunlari Namanganga taşrifi çoğida viloyat faollar bilan ötkazilgan yiğilişda keyingi yillarda Namangan şahri yangi yer maydonlari qöşilgani, aholi soni mutassil oşib borayotgani, viloyat markazida odamlarning turmuş darajasini yaxşilaş maqsadida Namangan şahri tarkibida yangi tuman taşkil etiş taklifini bildirgan edi. Mazkur masala xalq deputatlari Namangan şahar va viloyat Kengaşlari sessiyalarida körib çiqilib, davlat rahbarining taşabbusi maʼqullandi.Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 24 apreldagi “Namangan viloyatining Namangan şahri tarkibida Yangi Namangan tumanini taşkil etiş töğrisida”gi qarori bilan yangi tumanga asos solindi.Yangi taşkil etilgan Yangi Namangan tumani hududi 8 ming 223 gektardan iborat bölib, tumanning 24 ta mahallasida 146 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Yangi tuman hududiga 24 ta mahalla fuqarolari yiğini, 21 ta umumtaʼlim maktabi, 40 ta maktabgaça taʼlim muassasasi, 2 ta oilaviy poliklinika va 12 ta kasalxona ötkazilmoqda.Yangi Namangan tumanining sanoat va işlab çiqarişdagi rolini oşiriş maqsadida istiqbolda 16 ta sanoat korxonasi hamda 4 ta kiçik sanoat zonasi foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. 245 milliard sömga teng 62 ta loyihani işga tuşişi bilan 2 ming 600 ta yangi iş örni paydo böladi.Yangi Namangan tumanini taşkil etilişi munosabati bilan alohida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi işlab çiqiladi.Sessiyada taşkiliy masala körildi. Jobir Şarifoviç Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi.Jobir Abdullayev 1984 yil 21 iyun kuni Namangan şahrida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2005 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvçi, muhandis-elektrik.Mehnat faoliyatini 2008 yilda “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasida öta kuçlanişdan himoya qiliş va izolyatsiyani sinaş xizmati elektromontyorligidan boşlagan. U 2008-2020 yillar davomida “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi muhandisi, yetakçi muhandisi, Namangan tumani elektr taʼminoti korxonasi boşliği, Namangan şahridagi “Istiqbol” elektr taʼminoti korxonasi boşliği, Namangan şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifalarida iş olib borgan.Jobir Abdullayev 2020 yil 23 dekabrdan buyon Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.Jobir Abdullayev Namangan şahar hokimining 2021 yil 29 apreldagi qarori bilan Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi va tuman Kengaşi deputatlari tomonidan lavozimiga tasdiqlandi.Şuningdek, sessiyada yangi taşkil etilgan Yangi Namangan tumani prokurori etib Habibullo Jakparaliyeviç Isoqov, tuman içki işlar bölimi boşliği lavozimiga Ilhomjon Ibrohimjonoviç Abdurahmonov, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği etib Şarifjon Yusufaliyeviç Abdurahimov tayinlandilar.Yangi Namangan tumanining taşkil etilişi odamlarni rozi qiliş yölidagi navbatdagi dadil qadamlardan biri bölib, aholi turmuş darajasi yuksalişiga qulay şart-şaroitlar yaratiş asnosida bandlikni taʼminlaş, sanoatni rivojlantiriş, va tadbirkorlik subʼektlari sonini oşirişga xizmat qiladi.

×