Yöl harakati xavfsizligi haydovçi va piyodalar madaniyatga boğliq
24 dekabr kuni Namangan viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan joriy yilning ötgan 11 oyi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Boşqarma axborot xizmati taşkillagan anjumanda viloyat boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği, polkovnik Baxtiyor Döstmuhammedov, şuningdek sohaning tegişli bölim va yönalişlar böyiça mutasaddi xodimlari hamda jurnalistlar, blogerlar iştirok etdilar.
Tadbir avvalida viloyat IIB YHXB tomonidan şu yilning ötgan davri mobaynida viloyatimiz hududida harakat xavfsizligini taʼminlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş borasida amalga oşirilgan işlar haqida maʼlumot berildi.
Raqamlarga nazar taşlaydigan bölsak, hisobot davrida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2018 yil 30 avgustdagi “Yöl harakati xavfsizligi kunini ötkaziş va yöl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tizim tomonidan bir qator ijobiy saʼy-harakatlar amalga oşirilgani öz aksini topgan.
Xususan, oliy öquv yurtlari, kollej, maktab va maktabgaça taʼlim muassasalarida hamda axoli köp töplanadigan joylarda muntazam ravişda tarğibot-taşviqot işlari ötkazilib, sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar böyiça hamkorlikda 145 marotaba sayyor sudlar ötkazildi. Natijada, viloyat buyiça sodir etilgan hodisalar soni 48 taga, ölim bilan tugamagan yöl transport hodisalari soni esa 19 taga kamayişiga erişilgan.
Şuningdek, 91 ta «YPX inspektori» slueti, 24 ta tungi paytda miltillovçi Avtomaket (Mulyaj), piyodalar ötiş joylariga 53 dona miltillovçi mayoqça, 286 ta katta hajmdagi «banner» tayyorlab örnatilib, 32 ta ISUZU rusumli yuk avtomobillari yukxonasini ikki yon qismi harakat xavfsizligini tarğib qiluvçi panolar bilan jihozlangan.
Namangan viloyatida avtomobil yöllariga yetişmayotgan 459 dona yöl belgilari örnatilib, 2585 donasi yangisiga almaştirildi.
Şahar va tumanlar markaziy köçalarida 1750 km. yöl çiziqlari çizildi, yöllarning 483 ming 718 kv. metr qatnov qismi taʼmirlanib, 12 ta zamonaviy tipdagi diodli svetoforlar hamda 1 ming 100 ta yönaltiruvçi ustunça örnatildi va 1 ming 32 dona sunʼiy yoritiş vositasi bilan jihozlandi.
Yakuniga yetayotgan yilda 185 ming 176 ta transport vositasi röyxatga olinib, şundan 144837 tasi yengil, 13176 tasi yuk, 148 tasi avtobus, 431 tasi mototransport, 1709 tasi tirkama va yarim tirkamalarini taşkil etadi.
Boşqarma xodimlari şu davrda jami 498 ta jinoyatni oçişda 3 ta giyohvand moddalari bilan boğliq jinoyatlarni foş etişda faollik körsatdi.
Viloyat IIB YHXB huzuridagi Röyxatdan ötkaziş va Imtihon oliş bölimi tomonidan 71 mingga yaqin haydovçilik guvohnomasi va 23 mingdan ziyod haydovçilik guvohnomasining talonlari berildi. Şu jumladan, davlat xizmatlari markazida yangi joriy etilgan tartibga köra, 41 ming 475 dona haydovçilik guvohnomasi yangi namunadagi (plastik) haydovçilik guvohnomasiga almaştirib berilganligini aytib ötiş lozim.
Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar tomonidan örtaga taşlangan dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinişi taʼkidlandi. Ularni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari atrofliça javob qaytardilar.
Boşqarma tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar iştirokida mana şunday jonli ruhdagi muloqotlarni tez-tez taşkil etib, joylarda jurnalistlar bilan birgalikda media-turlar ötkazişni yölga qöyişga kelişib olindi.
Doniyor Yusufjonov.









