Bugun Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon TURĞUNOV viloyatda köp kuzatuvçisi va obrösiga ega «Namanganliklar.uz» rasmiy sayti va telegram kanali rahbari Muzaffarmirzo ABDURAHMONOV uçun maxsus qabul uyuştirdi. Unda prorektorlar ham qatnaşdi.
Dastlab rektor universitetda amalga oşirilayotgan keng miqyosdagi işlar va kelgusidagi istiqbolli rejalari haqida maʼlumot berdi. Söngra yil davomida «Namanganliklar.uz»da çiqqan tanqidiy materiallarga munosabat bildirib, masʼuliyatsiz xodimlarga çora körilganiga töxtalib ötdi.
Sayt va telegram kanal administratori ham eʼtiborli fikrlari bilan batafsil örtoqlaşib, mazkur taklif uçun minnatdorligini, salbiy tasavvurlari ijobiyga özgarayotganini aytdi.
Ikki tomonlama oçiq muloqot qizğin savol-javobga boy va samimiy ruhda keçdi. NamDU rektori xolis tanqidni eʼtirof etişini, doimo oçiqlik va tezkorlik tarafdori ekanligini, oliy taʼlim rivoji yölida jurnalist hamda blogerlarni yaqin döst, kömakçi hisoblaşini, özi ham bu sohada maʼlum vaqt faoliyat yuritganini, OAV va ijtimoiy tarmoqlarga muhim közgu sifatida qaraşini, ular bilan hamkorlikka tayyorligini alohida taʼkidladi.
Fursatdan foydalanib, «Namanganliklar.uz» har qanday vaziyatda ham öz pozitsiyasida qolişini maʼlum qiladi. Fuqarolar murojaati böyiça odamlarni qiynayotgan muammolarni atrofliça yoritişda davom etadi.









