Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan “Moviy daftar” röyxati şakllantirilişi haqidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xabarlar heç bir asosga ega emas.
Vazirlik axborot xizmati xabar berişiça, yurtimizdagi mavjud fuqarolar yiğinlari tomonidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda aholining maʼlum bir toifalarini öz içiga olgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” yuritiladi hamda ularga manzilli va maqsadli yordam beriladi.
“Temir daftar” — karantin şaroitida işsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning fuqarolar yiğinlari va hududlardagi tegişli sektorlar tomonidan şakllantirilgan şaffof röyxati. Mazkur röyxatning ijtimoiy ahamiyati şundaki, unga kiritilgan oilalarga maʼlum bir davr mobaynida ijtimoiy va moddiy yordam körasatiladi, oila aʼzolarining munosib iş bilan band qiliş çoralari köriladi.
“Ayollar daftari” — işsiz va boquvçisini yöqotgan ayollarning fuqarolar yiğinlari hamda hududlardagi tegişli sektorlar tomonidan şakllantiriladigan röyxatidir. Bu röyxatga kiritilgan ayollarni iş va uy-joy bilan taʼminlaş çoralari köriladi. Ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy himoya qiliş borasida barça zarur yordamlar körsatiladi.
“Yoşlar daftari” — fuqarolar yiğinlari, sektor va Yoşlar işlari agentligining tuman (şahar) bölimlari hamkorligida maʼlum bir hududdagi 18 yoşga tölgan va 30 yoşdan oşmagan işsiz yoşlar röyxatidir. Mazkur röyxatga işsiz, işga muhtoj nogiron yoşlar, şuningdek, xorijdan qaytgan, JIEMdan ozod etilgan, harbiy xizmatdan qaytgan yoşlar kiritiladi hamda ularga özlarining mavjud muammolari böyiça zarur yordamlar körsatiladi.
Manba: Aniq.uz









