Yangiliklar juda köpayib ketdi, ammo...

Yangiliklar juda köpayib ketdi, ammo...

Bu fikr kuni keça Farğona şahrida vodiy jurnalistlari va blogerlari uçun taşkil etilgan seminar-trening davomida bot-bot tilga olindi.
Xöş, “Yuksaliş” umummilliy harakati Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi bilan hamkorlikda hududlarda amalga oşirayotgan loyiha nimasi bilan ahamiyatli?
“Özbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini ilgari suriş” maqsadida yölga qöyilayotgan saʼy-harakatlar qançalik dolzarb?
Mohir trenerlar, soha ekspertlari hamda Namangan, Andijon va Farğonaning yetakçi jurnalist va blogerlari ana şu savollarning javobiga birgalikda yeçim izlaşdi.
Masalaning neçoğli muhimligi yuzasidan sohada keçayotgan inqilobiy özgarişlarning iştirokçisi sifatida munosabatlarini oçiq-oydin örtaga taşladi.
Ğoyat qiziqarli va foydali ötgan 2 kunlik nazariy-amaliy maşğulotlar jarayonida asosiy eʼtibor tahliliy jurnalistika muammolariga qaratildi.
Alohida taʼkidlanganidek, bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar juda köp eʼlon qilinmoqda, ammo tahliliy maqolalar kam.
Odamlar bir kunda yuzlab xabarlar bilan tanişmoqda. Öquvçilar oldi-qoçdi, şov-şuv, kriminalga tölgan mavzulardan zerika boşlaşdi. Bizni kuzatayotgan katta-yu kiçik jiddiy, asosli, mulohazali, hamma narsani umumlaştirgan, xullas, did bilan tayyorlangan materiallarni kutyapti.
Endi şunday maqolalarni hafsala bilan mutolaa qilişmoqçi.
Qolaversa, sohada önlab qonunlar yaratilganiga qaramay, deyarli işlamayotgani, tizimda nazoratning yöqligi qatnaşçilar tomonidan afsus bilan tasdiqlandi.
Tahliliy jurnalistika şuning uçun kerakki, u ayni davrning oğriqli nuqtasi sanalgan matbuotning umrini uzaytirişga ham xizmat qiladi. Deylik, veb-saytlarda eʼtiborni tortuvçi anons qoldirib, söngra batafsil gazetaning özida tanişiş mumkinligiga erişiş lozim.
Kişilarning vaqti kam, şu bois saralab öqişni örganişmoqda. Qaysi OAV turi bölmasin, undagi materialning mundarijasi va sarlavhasiga qaraboq ötib ketişyapti. Lekin çiroyli tayyorlangan, öqişli va mazmundor tahliliy maqola har qanday auditoriyani albatta öziga jalb qila oladi.
Faqat yangiliklar ortidan quviş - bu çinakam jurnalistika emas. Hatto aksariyat muxbirlar biror tadbir axborotining hajmini sunʼiy tarzda kengaytirib yozsalar, şuni göyo tahliliy maqola deyişgaça boradilar.
YANA ÖŞA GAP...
Odamlar sifatli jurnalistikani xohlaşmoqda, mayli, elektron holda bölsa-da, mutolaaga berilişmoqda, bunga ehtiyoj tuğilmoqda. Ommaviy axborot vositalariga va ijtimoiy tarmoqlarga boğlanib qolişdan tortib, to mukkasidan ketişgaça bölgan manzaralar, demakki, tezkorlik, oçiqlik omillari samara berayotganidan darak.
Mohir trenerlar – nomdor ekspert Beruniy Alimov, taniqli bloger, “davletov.uz” telegram kanali yurituvçisi Qobil Xidirov öz tajribalari va xulosalari bilan taqdimotlar kömagida örtoqlaşişdi.
Kiçik monitoring orqali qölga kiritişgan kuzatuvlarini maʼlum qilişdi. Yaʼni bugungi kunda ilğor saytlardan ayrimlariga maxsus izoh ham paydo bölgan.
“Kun.uz” – negadir özini yakka hokim hisoblaydi, eʼlon qilinayotgan materiallarning asl manbasini körsatgisi kelmaydi.
“Daryo.uz” – mualliflik huquqiga qatʼiy rioya qiladi, kerak bölsa, önta manba, havola keltiradi.
“Gazeta.uz” – yangiliklarni berişda heç qaçon şoşilmaydi. Oğir-bosiqlik va mulohaza bilan, rasmiylar tasdiqlaganidan keyingina tahlil etib eʼlon qiladi.
Material töplaşdagi anʼanaviy “Nima, qaçon, qayerda?”dan taşqari, endi jurnalist “Nega, nima sababdan, qanday qilib, nima, nima beradi?” kabi savollarga ham javob topişi zarur va qolipli, eskirgan uslublarni yorib çiqişi, yangiça va betakror yondaşuvga tayanib, xolis va köpi bilan 2-3 qoğozdan oşmaydigan qilib maqola yozişi darkor.
Ayniqsa, zamonaviy jurnalistika muammolari, xususan, “Fake-news”, yaʼni soxta xabarlarga qarşi kuraşişga hissa qöşişi şart.
Şuningdek, mintaqaviy seminar-treningda 2019 yil 17 iyul kuni Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining IV konferentsiyasida qabul qilingan Özbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi ham bir qur muhokamadan ötkazildi.
Unda köp yaxşi gaplar bor-u, ammo bu kodeks majburiy xarakterga ega emas, faqat tafsiyaviy maqomda böladi, şu sababli unga amaliyotda qay darajada amal qilinişi noaniq.
Yiğilganlar guruhlarga bölingan holda kodeksga qayta köz yugurtirib, takliflarini qayd etişdi, himoya qilişdi.
Qizğin bahs-munozara, aqliy hujum, noodatiy öyinlar, qimmatli maʼlumotlarga intiqlik ruhida keçgan oçiq muloqot yakunida barçaga Özbekiston “Yuksaliş” umummilliy harakatining sertifikatlari topşirildi, faol jurnalistlar harakatning aʼzoligiga qabul qilindi.
Ha, jurnalistika – özini özi boşqariş sanʼati, sohasi ekanligi tobora ayon bölayotgan bir paytda seminar-trening şu bilangina tugamaydi. U vodiy jurnalistlariga yangi-yangi media-rejalar tuzişga va uni havola etişga ilhomlantiradi, turtki beradi.

Orifjon JÖRAYEV,“Namangan sadosi” gazetasi muharrir örinbosari

×