Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy şahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tuşgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Hodisa 18 fevral kuni soat taxminan 20:30da sodir bölgan. Ular majmuaning 5 va 4-qavatlari oraliğidagi eskalatorda muvozanatini yöqotib, 1-qavatga yiqilgan.
1969 yilda tuğilgan fuqaro Ş.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan 3 yoşli nabira A.T. esa zudlik bilan viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.
SSV matbuot xizmati xabar qilişiça, şundan söng unda standart böyiça nevrologik, ultratovuş va boş miya MSKTsi kabi qator tekşiruvlar amalga oşirilgan.

Bemor A.T.ga «Qöşma jarohat. Boş miya yopiq jarohati. Boş miya lat yeyişi. Örta oğir darajasi. Peşona sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi. Öng tomonlama çanoq suyaklari sinib siljişi. Öng öpka lat yeyişi. Çap son pastki uçligi yumşoq töqimalari lat yeyişi» dastlabki taşxisi qöyilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi uning holatini nazoratga olgan. Tibbiyot xodimlari stabil oğir ahvoldagi bemorning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşmoqda. Unga standart asosida tegişli tibbiy yordam körsatilyapti, deyiladi xabarda.









