«Şartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident farmoni (PF–6313-son, 14.09.2021 y.) qabul qilindi.
Farmonga köra, 2021 yil 1 dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:
- banklarga yetkazilgan mahsulot uçun tölovlarni uçinçi şaxslar hisobidan qabul qilişga qöyilgan taqiq;
- davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan xöjalik yurituvçi subʼektlarning mahsulotlarni yetkazib beriş töğrisida tuziladigan şartnomalarida tölovni oldindan belgilaşga doir talab;
- qişloq xöjaligi va çorvaçilik mahsulotlari yetiştiruvçilari va tayyorlov taşkilotlari örtasida tuziladigan şartnomalarda majburiy ravişda avansni belgilaşga doir talab.
Jismoniy şaxslarga qarz şartnomalarini notarial tasdiqlaş orqali çet el valyutasida özaro qarz beriş va qaytarib olişga ruxsat beriladi.
2022 yil 1 yanvardan:
- sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş böyiça elektron onlayn auktsionda sotuvga qöyilgan mol-mulk uni sotişdan tuşgan pul mablağlari hisobidan auktsion ğolibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yeçilgan holda topşiriladi;
- şartnoma tarafi ikkinçi tarafdan şartnoma majburiyatlarini bajarişni qabul qilganda, uni keyinçalik haqiqiy emas deb topişni talab qilişga haqli emas;
- davlat xaridlari bilan boğliq tuziladigan şartnomalarda majburiy ravişda korruptsiyaga qarşi qöşimça şartlar belgilanadi;
- tadbirkorlar soliq va bojxona tölovlari böyiça qarzdorlikni tölamaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka qarzdorlikka teng pulni muzlatib qöyiş va uni 30 kundan söng undiriş töğrisida farmoyiş yuboradi va bu haqda tölovçini xabardor qiladi;
- kommunal, energiya, aloqa xizmatlari, yölovçi va yuklarni taşişga oid tabiiy monopoliyalar işlab çiqqan şartnomalar monopoliyaga qarşi kuraşiş organi bilan kelişiladi.
Farmonga köra, elektron savdo maydonçalari orqali mahsulotlar oldi-sotdi qilinganda va boşqa bitimlar tuzişda eskrou tizimi joriy etiladi.
2022/2023 öquv yilidan OTMda öqitiş böyiça şartnomalar elektron şaklda tuziladi.
Farmonga köra şuningdek:
- xöjalik yurituvçi subʼektlar tomonidan şartnomalar tuzişda qöllaş uçun tavsiyaviy xarakterga ega bölgan korruptsiyaga qarşi qöşimça şartlar işlab çiqiladi;
- şartnomalar namunalari «yurxizmat.uz» maxsus axborot portaliga joylaştiriladi.









