Özbekiston oçiqlik, söz va axborot erkinligini taʼminlaş, şuningdek, ommaviy axborot vositalarini haqiqiy "törtinçi hokimiyat"ga aylantirişni közlovçi, ortga qaytmas yölni tanlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi – Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik Kengaşi raisi Saida Mirziyoyev bugun, 28 sentyabr kuni bölib ötgan Axborotdan erkin umumfoydalanişga bağişlangan Xalqaro onlayn-konferentsiyadagi nutqida gapirdi.
“Ommaviy axborot vositalarining haqiqiy mustaqilligini yaratiş kabi murakkab yölni endigina boşlaganimizni anglab turibmiz. Ötgan tört yil davomida köp işlar amalga oşirilgan bölsa-da, hali amalga oşirilişi kerak bölganlari talaygina. Ammo, mamlakatimiz oçiqlik, söz va axborot erkinligini taʼminlaş, şuningdek, ommaviy axborot vositalarini haqiqiy "törtinçi hokimiyat"ga aylantirişni közlovçi, ortga qaytmas yölni tanlanganini yana bir bor taʼkidlab ötişni istardim”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Onlayn-konferentsiyada axborotlaştirişdagi bugungi muammolar va dolzarb vazifalar, Özbekistonda oxirgi yillarda amalga oşirilgan işlar va rejalar, jurnalist va blogerlarga bölayotgan bosimlar, ommaviy axborot vositalari faoliyati oldida turgan tösiqlar muhokama qilindi.
“Biz xorijiy hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlik örnatiş va tajriba almaşişdan juda xursand bölardik, bunday hamkorlik natijasi ölaroq loyihalarimizni yanada mustahkamlaş, qonunçiligimiz hamda jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qiliş jarayonini takomillaştirişda eng yaxşi tajribalardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölardik. Özbekistonda ommaviy axborot vositalari muammolari böyiça qöşma tadqiqotlar olib borişimiz va bu yönalişda boşqa loyihalarni ham amalga oşirişimiz mumkin.
Konferentsiyada iştirok etganlarga, xalqaro taşkilotlar va diplomatik korpus vakillariga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Bu sohada muloqotni rivojlantiriş va yuzaga kelayotgan muammolar böyiça hamkorlikdagi yeçimlarni izlab topiş katta ahamiyatga ega ekanligiga çin dildan işonaman”, deydi Saida Mirziyoyeva.
U Özbekistonda sönggi 4 yil davomidagi samarali hamkorlik uçun YEXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregorga alohida minnatdorlik bildirdi.









