"Talabalikka tavsiya etildingiz": DTM mandat qaçon eʼlon qilinişini aytdi

"Talabalikka tavsiya etildingiz": DTM mandat qaçon eʼlon qilinişini aytdi

Davlat test markazi tomonidan barça abituriyentlarning test sinovida töplagan natijalari böyiça işlar yakuniga yetgan. Bu haqda DTM matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Xabarda imtihon natijalari nega keçiktirilgani sabablari ham keltirib ötilgan.

"...joriy yilda köplab imtiyozlar (harbiy xizmatçilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va Söx tumani uçun ajratilgan qöşimça qabul körsatkiçlari va boşqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan taʼlim yönalişlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan taʼlim yönalişlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20 sentyabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblaş işlari endi yakunlanmoqda", - deyiladi izohda.

Qayd etilişiça, hozirda barça oliy taʼlim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yiğilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgaç, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani böyiça belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

×