Qozoğistonning Özbekiston bilan çegaradoş viloyatlarida ham parranda grippi tarqaldi

Qozoğistonning Özbekiston bilan çegaradoş viloyatlarida ham parranda grippi tarqaldi

Qozoğiston şimolida tarqalgan parranda grppi janubga ham yetib keldi. Hozirgaça mamlakatning yetti viloyatida parrandalarning ölimi qayd etildi.

Oqmöla viloyatida şaxsiy yordamçi xöjalikda 703 ta parranda halok bölgan. Qorağanda viloyatida şaxsiy yordamçi xöjalikda 102 ta parranda ölgan. Şundan 12 tasi bir sutkada halok bölgan. Kostanay viloyatida yordamçi xöjaliklarda 2 218 ta va parrandaçilik fermalarida 109 567ta jonivor nobud bölgan. Ularning 1 112 va 109 567 tasi mos ravişda sönggi sutkada ölgan.

Pavlodar viloyatida şaxsiy yordamçi xöjalikda 2 753 ta parranda halok bölgan. Şimoliy-Qozoğiston viloyatida şaxsiy yordamçi xöjalikda 13 806 ta va parrandaçilik fermalarida 93 849 ta parranda nobud bölgan. Sönggi sutkada 40 678 ta parranada ölgan.

Özbekiston bilan çegaradoş Jambil viloyatida 238 ta parranda ölgan. Şundan 6 ölim sönggi sutkada qayd etilgan. Şuningdek, Turkiston viloyatida yordamçi xöjaliklardagi 273 ta parranda ölgan. Ularning 196 tasi bir sutkada halok bölgan.

“Yordamçi xöjaliklarda 20 ming boş va ikkita parrandaçilik fermasida 203 ming parranda nobud böldi. “Bişkul” fermasida 93 849 boş va “Agrointerptitsa”da 109 567 boş”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mamlakatda parrandalarni vaktsinalaş işlari olib borilyapti. Buning uçun yillik 3 377 900 doza vaktsinaga respublika zahirasidan yana 2 374 666 doza ajratilgan. Qöşimça 699 355 doza vaktsina sotib olinyapti. Ular 1 oktyabrgaça yetkaziladi.

Qozoğistonning Şimoliy-Qozoğiston viloyatidagi yettita tumanda yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Manba: Qalampir.uz

×