Sönggi bir hafta içida Xitoyning Guandun provintsiyasida deyarli 4 mingta yangi çikungunya bezgagi holati qayd etildi. Mamlakat hukumati oğir holatlar yoki ölim holatlari hozirça qayd etilmaganini maʼlum qildi. Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi ham mazkur holat böyiça maʼlumot berdi.
Bildirilişiça, Xitoyda tarqalgan çikungunya bezgagi Özbekistonga xavf solmaydi. Uşbu kasallikni tarqatuvçi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus çivinlari Özbekiston tabiatida uçramaydi.
“Sanepidqömita tomonidan mamlakatda epidemiologik barqarorlikni taʼminlaş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, çikungunya – bu çikungunya virusi sababli kelib çiqadigan kasallik bölib, u odamga çivin çaqişi orqali yuqadi. Virus yuqqanidan keyin 3-7 kun ötib alomatlar paydo böladi. Eng keng tarqalgan belgilari – isitma va böğimlardagi oğriqlar, şuningdek, boş oğriği, muşak oğriği, böğimlarning şişişi yoki toşmalar ham kuzatilişi mumkin.
Kasallikning oğirroq rivojlanişi xavfi yuqori bölgan şaxslar – bu yangi tuğilgan çaqaloqlar (tuğiliş vaqtida virus yuqqan), 65 yoşdan oşganlar va yurak, qon bosimi yoki diabet kabi xastaliklari bor odamlar.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rasmiy saytida qayd etilişiça, çikungunya virusi Afrikada, Osiyoda va Amerika mamlakatlarida çivinlar orqali odamga yuqadi. Ayrim boşqa hududlarda ham sporadik (vaqti-vaqti bilan) epidemiyalar qayd etilgan. Çikungunyaga qarşi tasdiqlangan vaktsina yoki maxsus davolaş usuli hozirça mavjud emas.
Yuqumli kasalliklar profilaktikasi böyiça xitoylik mutaxassislar kasallik tarqalişining sabablaridan biri sifatida yomğir mavsumini körsatişmoqda. Bu davrda kasallik taşuvçi çivinlar soni köpayadi. Epidemiyaning keng miqyosda tarqalişining oldi olingan bölsa-da, şifokorlar profilaktika çoralari zarurligini taʼkidlamoqda. Bunga kölmak suvlarni tozalaş, çivinlarni yöq qiliş va ularning çaqişidan saqlaniş kiradi.
Şu bilan birga, Xitoy naşrlarining yozişiça, mamlakat olimlari çikungunya taşuvçi çivinlarni yeb qöyadigan yirik turdagi çivin liçinkalarini tarqatişni boşlagan.









