Internet tarmoğida römol öragan ayollarga göyoki içki işlar organlari va Milliy gvardiya tomonidan ozor berilayotgani haqida videomurojaat tarqaldi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati uşbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, mazkur fikrlar haqiqatdan yiroq. Römol öragan ayollarga heç qanday ozor berilayotgani yöq, bunday topşiriqlar bölmagan, bölmaydi ham.
Ayollarni avtobusga taklif qilişdan yagona maqsad – koronavirus infektsiyasi tarqalişi munosabati bilan xavfsizlik meʼyorlariga rioya qiliş muhimligi haqida santariya-epidemiologiya nazorati xizmati va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbatlar ötkazilişi bölgan.
Jamoat joyida tibbiy niqobsiz bölgan fuqaro S.N. va N.R.lar sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari va profilaktika inspektorlari tomonidan profilaktik suhbat ötkazilişi uçun avtobusga çiqayotgan vaqtlari video muallifi tomonidan tasvirga tuşirilgan. Videodagi voqea 21 sentyabr kuni taxminan soat 19.25 da Şayxontohur tumani Ğunça massivi hududida röy bergan.
«Hurmatli fuqarolar! Internetga video joylab, unga öz fikrlaringizni qöşişdan oldin aslida nima bölayotgani haqida qiziqib körişingizni söraymiz. Avtomobil içida ötirvolib öz mulohazalaringiz bilan örtoqlaşişingizni töğri iş deb bölmaydi. Agar video muallifi avtobusdagi ayollardan xavotirda bölganida, xodimlarning yoniga borib, nima bölayotgani haqida qiziqib körgan bölmasmidi?
Şu bilan birga, şahrimiz aholisi va mehmonlariga koronavirus xavfi hanuz dolzarbligini eslatib ötmoqçimiz. Köpçiligimiz kasallikni boşdan ötkazdik, kimdir koronavirus tufayli yaqin insonini yöqotdi. Hayotingiz va soğliğingizni xavf ostiga qöymang, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qiling», deyiladi xabarda.









