Keça, 13 iyun kuni Andijondan kelgan maşʼum xabar butun Özbekistonni larzaga soldi. Içki işlar bölimi maʼmuriy binosida Jinoyat qidiruv bölimi vakillari tomonidan şafqatsizlarga qiynoqqa solingan fuqaro A.Abdukarimov şifoxonada jon bergani maʼlum böldi. Holat böyiça maʼlumot bergan Boş prokuratura uç nafar Içki işlar xodimi qamoqqa olingani va jinoyat işi qözğatilganini bildirdi.
Bugun, 14 iyun kuni Içki işlar vazirligi tizimda yuz bergan odamgarçilikka töğri kelmaydigan, şafqatsizlik böyiça bayonot berdi.
"Joriy yilning 30 may kuni Andijon şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 4-sonli içki işlar bölimi xodimlari tomonidan, iş yurituvidagi ariza yuzasidan içki işlar bölimiga olib kelingan fuqaro A. Abdukarimov Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan va vraçlar tomonidan közdan keçiriş davomida uning badanida oğir tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Unga şifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam körsatilgan bölişiga qaramasdan, A.Abdukarimov 11 iyun kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida, uç nafar içki işlar organlari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşbu fuqaroga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi, hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan zörlik işlatiş holatlariga yöl qöyilganligi tergov jarayonida örganiladi.
Mazkur holat yuzasidan Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan zudlik bilan xizmat tekşiruvi tayinlanib, ötkazilgan tekşiruv xulosasiga köra, fuqaro A.Abdukarimovning içki işlar bölimida noqonuniy uşlab turilganligi va boşqa noqonuniy holatlar böyiça bir qator xodimlarga nisbatan keskin intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.
Xususan, Andijon şahar IIO FMB 4-son içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari katta leytenant F.Husanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirov içki işlar organlaridan böşatilgan. Andijon şahar IIO FMB boşliği podpolkovnik S.Usmanov va Andijon şahar IIO FMB 4-sonli içki işlar bölimi boşliği podpolkovnik P.Mamajonovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. Bundan taşqari, 19 nafar rahbar va xodimlarga turli körinişdagi qatʼiy intizomiy tartibdagi jazolar qöllanilgan.
Inson huquqlarini himoya qilişdek muqaddas burçiga xiyonat qilgan heç bir xodim keçirilmaydi. Yuzaga kelgan mazkur holat böyiça vakolatli organlar tomonidan adolatli tergov-suriştiruv işlari amalga oşiriladi hamda qonun ustuvorligi va jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlanadi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Özbekistonda tergov organlarida qiynoqqa solişlar bugun yoki keça paydo bölgan emas. Tergov organlaridagi qiynoq masalasida saytimizda ham jiddiy jurnalistik suriştiruv natijalari eʼlon qilingandi. “Maxsus film: Boş prokuraturadagi dahşatli qiynoqlar (18+)” nomli maqolada “Bekobod metallurgiya işi” jinoiy işi böyiça böyiça 30 dan ortiq fuqarolar jinoyat kodeksining talon-toroj qiliş va boşqa moddalari bilan ayblangani va ular Boş prokuratura binosida ayovsiz tahqirlangani hamda qiynoqqa solingani haqida söz yuritilgan.









