IIV: tarmoqlarda videosi tarqalgan «01 001 VIP» avtoraqami haqiqiymi?

IIV: tarmoqlarda videosi tarqalgan «01 001 VIP» avtoraqami haqiqiymi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «01 001 VIP» davlat raqam belgisi bilan boğliq videotasvir tarqaldi. Özbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati uşbu raqam yuzasidan maʼlumot berdi.

«Avtomototransport vositalarini röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi ‘Uzavtomotobelgi’ davlat unitar korxonasi tomonidan işlab çiqiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgisi ‘Uzavtomotobelgi’ davlat unitar korxonasi tomonidan işlab çiqarilmaganligini maʼlum qilamiz.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Davlat standarti (ÖzDSt 640:2014) talablari asosida röyxatdan ötkaziş davlat raqam belgilari işlab çiqarilişida ‘I’ harfi işlatilmasligini bildirib ötamiz», — deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, davlat raqam belgilarini qölbola usullarda yasaş va ulardan foydalaniş qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki özga usullarda özgartirilgan transport vositalarini, xuddi şuningdek davlat raqam belgisi ayni şu transport vositasiga tegişli bölmagan transport vositasini boşqariş —bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

×