Toşkent şahrida STARS xalqaro universiteti oçildi

Toşkent şahrida STARS xalqaro universiteti oçildi

Toşkent şahridagi STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY’da taʼlim oliş narxi abituriyentning bilim darajasiga boğliq. 2021−2022 öquv yili uçun qabul 23 avgustdan 20 sentyabrgaça davom etadi.

2021 yilning 20 avgust kuni Toşkent şahrida yangi xalqaro STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY oçildi. Uning tarkibiga xorijiy universitetlar, akademiyalar va assotsiatsiyalar tarmoği kirib, uşbu dargohda Özbekistonda ikki diplom dasturi böyiça jahon darajasida oliy taʼlimga ega böliş mumkin.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY — bu oliy taʼlim olişga yangiça yondaşuv. Bu yerda barça boşqaruv tizimlari, maʼlumot uzatiş va xizmat körsatiş tartibi faqat talabalar qulayligini inobatga olib yaratiladi.

«Odatda Oliy taʼlim muassasalari kimlarningdir yoki nimaningdir nomi bilan ataladi. Masalan, Garvard, Oksford yoki Kembrij universitetlari şahar nomi bilan boğliq. Universitetning bir qismi ilğor olimlar va jamoat arboblari nomlari bilan boğlangan. Ammo universitet kim va nima uçun faoliyat yuritadi? Kim tufayli işlaydi? Aynan şuning uçun biz universitetimizni talabalarimiz şarafiga STARS deb nomladik, ular yaqin kelajakda haqiqiy yulduzlarga aylanadi», — deydi universitet asosçisi Bahrom Gurbanov.

XALQARO TA’LIM DASTURLARI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY taʼlim muassasasining asosiy farqli tomoni — bu Özbekiston hududidan çiqmay turib, dunyoning maşhur xalqaro universitetlarida tahsil oliş imkoniyatidir. Bu yerda har bir fakultet hamkorlik dasturi böyiça faqat bitta OTMdan emas, balki turli davlatlar va universitetlardan taklif etiladi.

Masalan, birinçi oçilayotgan fakultet — « 5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit». Uşbu yönalişni tanlagan talabalar bitta yoki ikkita emas, balki naq uçta Britaniya diplomi hamda STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY nodavlat oliy taʼlim muassasasini tugatganlik haqidagi qöşimça diplomga ega böladi. Birinçi Britaniya diplomi (International Foundation Diploma for Higher Education Studies) talabaga birinçi bosqiçni tamomlagan zahoti NCC Education taqdirlovçi organi tomonidan beriladi. Ikkinçi diplomni Butunjahon sertifikatiga ega Buxgalterlar assotsiatsiyasi (ACCA)dan oladi. Uçinçisi yetakçi Britaniya oliygohlaridan biri Oxford Brookes University tomonidan topşiriladi.

«5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit» yönalişi universitetda 2 tilda, yaʼni ingliz va özbek tillarida taqdim etilgan. Xalqaro miqyosda tan olingan ACCA assotsiatsiyasining (Sertifikatga ega Buxgalterlar Assotsiatsiyasi www.accaglobal.com) 14 ta fanidan 9 tasi böyiça öquv qöllanmalarini özbek tiliga tarjima qiliş eksklyuziv huquqiga ega. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev janoblarining oqilona siyosati tufayli STARS universiteti xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatga erişdi. ACCA malakasining 14 ta fanidan 9 tasi «5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit» öquv yönalişiga integratsiyalaşgan, bu faqat STARS talabalariga ingliz tilini bilmay turib ham davlat tilida tahsil oliş, keyinçalik ACCA tomonidan eʼtirof etilib, STARS bakalavr diplomi bilan bir qatorda tegişli sertifikatlar va diplomlarga ega bölişdek noyob imkoniyatni beradi.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY taʼlim dasturi xalqaro tizimga asoslangan bölib, Özbekiston taʼlim standartlari bilan moslaştirilgan va muvaffaqiyatli integratsiyalaşgan. Qolaversa, mahalliy oliy taʼlim talablariga mos keluvçi majburiy fanlar ham inobatga olingan.

TALABALIK HAYOTI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY dargohida köp madaniyatli muhit hukmron. Bu yerda 50% kvotalar Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa davlatlarining xalqaro talabalariga ajratilgan, bu orqali «Study in Uzbekistan» bayroği xalqaro maydonda balandroq kötariladi. Universitet xalqaro talabalar rekrutingi böyiça yirik xalqaro taşkilotlar bilan şeriklik kelişuvlarini imzoladi va har bir davlatga kvotalar ajratdi.

«Bizning xalqaro oliygohda turfa xalqlar, millatlar, din, dunyoqaraş va turmuş tarziga ega insonlar yiğiladi. Ularning bari bir muassasa içida noyob ekomadaniyatni yaratadi. Uşbu madaniyat tufayli har bir talaba özini Yer sayyorasining yakdil fuqarosi sifatida his etadi», — deya taʼkidladi STARS asosçisi.

Akademik yuklamadan taşqari, universitetda dam oliş uçun barça zarur va qulay şaroitlar yaratilgan: bilyard stoliga ega launj, stol tennisi, mutolaa uçun şinam kutubxona, töğri ovqatlaniş uçun mazali taomlar tayyorlanadigan kafe, jismoniy maşğulotlar uçun vorkout hududi. Şuningdek jismoniy tarbiyaga ajratilgan akademik soatlardan talabalar öz xohişiga qarab foydalanişi mumkin. Bu yerda suziş, futbol, katta tennis, kuraş, boks, fitnes va boşqa köplab sport turlarini tanlaş va faqat tanlangan sport turi böyiça şuğullaniş imkoniyati mavjud.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY jamoasi uçun nafaqat taʼlim jarayonidagi sifatli natija, balki har bir talabaning soğliği ham muhim. Özbekistonning yetakçi klinikalaridan biri bilan imzolangan şeriklik kelişuviga asosan, barça talabalar va akademik tarkib xodimlari yiliga bir marta universitet hisobidan töliq tibbiy körikdan ötadi.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY universitetiga kirgan mahalliy va xorijiy talabalar uçun turarjoy muammosi hal qilinadi.

Universitet boşqa şahardan kelgan, xorijiy talabalar va öqituvçilarni özining STARS Apartments & Villas rezidentsiyasiga joylaştiradi. Mahalliy talabalar uçun bir oylik yaşaş narxi 100 AQŞ dollarini taşkil etadi.

ŞARTNOMA PULI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY muassasasining boşqa mahalliy yoki xorijiy universitetlardan asosiy farqi şartnoma puliga nisbatan nostandart yondaşuvdir.

Universitetning özbek sektorida taʼlim oladigan talabalar uçun şartnoma puli yiliga 22 mln sömdan 30 mln sömgaça özgarib turadi, bu matematika, mantiq böyiça içki imtihonlar natijasi, şuningdek, özbek tilida yozilgan motivatsion xatga boğliq.

Universitetning ingliz sektorida taʼlim oladigan talabalar uçun şartnoma puli ingliz tilini biliş darajasi yoki mazkur darajaga mos keluvçi xalqaro sertifikatlardan birining borligiga boğliq holda özgaradi.

Taʼlim uçun tölov summasi quyidagi xalqaro sertifikatlardan biriga ega böliş bilan boğliq:

  • CEFR B2 / TOEFL 60−78 / IELTS 6.0 — 27 mln söm;
  • CEFR B2-C1 / TOEFL 79−101 / IELTS 6.5−7.0 — 25 mln söm;
  • CEFR C1 / TOEFL 102−109 / IELTS 7.5 — 24 mln söm;
  • CEFR C1-C2 / TOEFL 110−120 / IELTS 8.0 va undan yuqori — 22 mln söm.

Taʼlim tölovi içiga barça zaruriy öquv qöllanmalari ham kiradi. Aksariyat öquv materiallari Buyuk Britaniyadan xarid qilinadi.

Talabalar qulayligi uçun STARS Cafeteria’da quyidagi narxlarda soğlom va mazali taomlar taklif etiladi:

  • Oyiga 1 mln söm — bir marta ovqatlaniş;
  • Oyiga 1,5 mln söm — ikki marta ovqatlaniş;
  •  Oyiga 2 mln söm — uç marta ovqatlaniş.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY’ga qanday kiriş mumkin

  • Buning uçun universitet saytida ariza qoldiring. Arizani 20 sentyabrga qadar topşiriş mumkin.
  • Topşirilgan hujjatlar, qabul komissiyasidagi suhbat, yozilgan inşo va kasbiy test savollari natijasiga qarab talabalikka qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Örta taʼlim haqidagi şahodatnomaning asli.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Foto 3×4.
  4. Motivatsion xat.
  5. Faqat ingliz sektori uçun - ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi xalqaro sertifikat. Sertifikat bölmasa, nomzod ingliz tili böyiça bilimini aniqlaş uçun içki taşxis test sinovidan ötadi.

«Universitetimiz haqiqatan ham sifatli taʼlim olişni istovçi nomzodlar uçundir. Şunçaki diplom kerak bölsa, eşigimizni qoqib yurmang», — deya sözini yakunladi STARS asosçisi Bahrom Gurbanov.

×