«ALIFBE» KITOBING MUBORAK, ÖĞLIM!

«ALIFBE» KITOBING MUBORAK, ÖĞLIM!

Aziz bolajonlar, yaʼni 1-sinf öquvçilari va hurmatli sinf rahbarlari hamda ota-onalar!

Pandemiya sababli şu yil maktablarda öqiş keçroq boşlandi. Bugun 14 sentyabrdan Namangan tumanining Şörqörğon qişloğidagi 8-umumtaʼlim maktabida ilk saboqlar hozirça onlayn tarzda eʼlon qilindi. Karantin qoidalariga muvofiq farzandlarimizga darsliklar tarqatildi. Darrov uyda taʼlim-tarbiyani yölga qöydik, televideniye orqali ertalab efirga uzatilayotgan ilk onlayn maşğulotlarni birgalikda tomoşa qilişga kirişdik.

Xudo xohlasa, bolajonlarimiz yaqin kunlarda maktab deb atalmiş muqaddas dargoh ostonasiga çiroyli liboslarini kiyib, qölda guldasta va qalbda hayajon bilan qadam qöyişadi, maktab partasiga ötirişadi. Ularga Prezident sovğasi hisoblangan sumka va öquv qurollari topşiriladi! Ungaça biz, ota-onalar ayni sinovli kunlarda öğil-qizlarimizning soğligiga va özlaştirişlariga, ular uçun masofadan turib jon kuydirayotgan ustozlariga har tomonlama yaqindan yordam berişimiz, ruhan qöllab-quvvatlaşimiz kerak!

Men ham katta orzu-umidlar oğuşidagi ota-onalardan biriman. böğinli «Alifbo»ni muvaffaqiyatli tugatgan, yozuv-çizuv, hisob-kitobni bilib olgan tönğiç öğlim Ibratbekni 6 yoşda Nilufar oya Mirzayeva rahbarligidagi 1-«B» sinfga qabul qilinganidan ğoyat xursandman.
Murojaat örnidagi fursatimdan foydalanib, hamişa qadrli pedagoglarga yangi öquv yili muborak, ularga Yaratganning özi sabr va savob bersin, ilohim. Dilbandlarimizga esa «Alifbe» kitobi qutluğ bölsin, kelajakda yetuk insonlarga öxşab kamol topişlaridan umidvormiz!

Ota-onalar nomidan mamnuniyat bilan:
Orifjon JÖRAEV, «Yangi Özbekiston» respublika gazetasining Namangan viloyatidagi muxbiri, «Namangan sadosi» gazetasi muharrir örinbosari.

×