Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bölim, 34 bob va 581 moddadan iborat.
Uşbu Kodeks xodimlar, iş beruvçilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlaş hamda ularni muvofiqlaştiriş asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita boğliq bölgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, şu jumladan mehnat qilişga, erkin iş tanlaşga, adolatli va xavfsiz mehnat şaroitlariga hamda işsizlikdan himoyalanişga bölgan huquqining davlat kafolatlarini belgilaş;
iş beruvçilarning kadrlarni tanlaş, joy-joyiga qöyiş va samarali mehnat jarayonini taşkil etiş sohasidagi huquqlari amalga oşirilişini taʼminlaş;
mehnat sohasida ijtimoiy şeriklikni rağbatlantiriş va rivojlantiriş;
xodimlar va iş beruvçilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinişini taʼminlaş;
mehnat bozorining samarali faoliyat körsatişiga kömaklaşiş.
Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.









