Ön ikkinçi ölim: Surxondaryoda koronavirus aniqlangan haydovçi vafot etdi

Ön ikkinçi ölim: Surxondaryoda koronavirus aniqlangan haydovçi vafot etdi

Xalqaro masofaga qatnaşga möljallangan yuk avtomaşina haydovçisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik bölgan uşbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya oğir keçib, 5 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda “Covid-19” infektsiyasi ham aniqlangan.
Şu yilning 11 may kuni esa ahvoli yomonlaşgaç “Covid-19”  infektsiyasining  oğir keçişi, ikki tomonlama ötkir bronxopnevmoniya oğir turi taşxisi bilan reanimatsiya bölimiga olingan. Bölimda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam körsatilgan.  
Bundan taşqari, vazirlikning turli yönalişlari böyiça boş mutaxassislari va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham  ötkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas oliş apparatida bölgan bemor yurak qon-tomir va ötkir nafas  yetişmovçiligidan vafot etgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×