Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Özbekistondagi sudlov tizimi barçaga barobar işlamasligini, soha va jinsga qarab turliça yondaşuv mavjudligini aytib ötdi. Saida Mirziyoyeva bu haqda Telegram’dagi kanalida, özining öğilli bölgani haqidagi postida yozgan.
“Hozir öğlim bilan ertaklar emas, balki yangiliklar sadosi ostida uxlayapmiz. Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va şiddatli bölib, bor kuçi bilan işlayotganini köriş men uçun oğir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim köpinça töxtab qoladi.
Bir vaqtning özida haqoratlarga munosib javob uçun ozodlikdan mahrum qiliş va sakkiz yillik xörlik ostida yaşaganlarni yaraşuv bilan «jazolaş» mumkin emas. Qiz bolaga ojiza va itoatkor bölgani uçungina buyumdek qaraş, dili oğrigan-oğrimaganini uning uçun hal qiliş mumkin emas.
Şaxsiy fikri uçun taʼqib qiliş mumkin emas. Agar biz adolat tarafdori bölsak, qonun ikkala tomon uçun bir xil işlasin. Agar biz baxtli mamlakatda yaşaşni istasak, ayollarni erkaklar prioritetlaridan, jurnalistlarni esa bosimdan himoya qilişimiz kerak.
Ayollarga kelsak: qölimizda bola bölganida, har bir jabhada erkaklar bilan tenglaşiş biz uçun şundoq ham qiyin, har birimiz farzand tuğilganida kareramizning bir neça yilini yöqotamiz. Şunga qaramay, baʼzan bizga yana ayblov ham qöyişadi”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Şuningdek, Saida Mirziyoyeva mamlakatda söz erkinligini taʼminlaş, jurnalistlar va blogerlar faoliyati, jamoatçilik nazorati haqida ham öz fikrlarini bayon qilgan.
Manba: Effect.uz









