Jizzax erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh 2020 yilning noyabr oyidan boşlab eng yangi modellardan bölgan - KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yiğişni boşlaydi. Bu haqda KIA kompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, zavodda kelgusida jahonga maşhur qator brendlar avtomobillarini işlab çiqariş yölga qöyiladi. Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.
“Mutlaqo yangi bölgan xususiy avto işlab çiqarişning yölga qöyilişi - Özbekiston bozori uçun şunçaki tijorat yangiligi emas, balki olib borilayotgan yangi islohotlar, ham investorlar, ham isteʼmolçilar uçun yangi şaroitlarning yaratilişi natijasidir. Işonç bilan aytişimiz mumkinki, mamlakatda haqiqatan ham avtomobil tarixining yangi davri boşlanmoqda, u biratölasi bir neçta global avtomobil brendlarining işlab çiqarila boşlaşi, yaʼni özbek bozoriga kirib kelişi bilan boğliq. Biz yangi investorlar uçun makon, butlovçi qismlarni işlab çiqariş va distributsiyalaş bozorini şakllantiriş, dilerlik va logistika markazlarini quriş uçun şaroit yaratmoqdamiz. Faoliyatimizning dastlabki yilida turli uçta maşhur avtobrendlarning avtomobillarini işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirganmiz”, taʼkidladi Roodell boş direktori Doniyor Davlatyorov.

Ayni paytda Jizzax EIZda zavod qurilişining yakuniy bosqiçi davom etmoqda va turli konfiguratsiyaga ega bölgan avtomobillarni işlab çiqariş uçun möljallangan ikkita texnologik liniyasini örnatiş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Birinçi bosqiçda zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 25 ming donani taşkil etadi. Ikkinçisida - 2022 yil yakuniga qadar payvandlaş, kuzovni böyoqlaş va yiğuv tsexlari işga tuşirilganidan keyin uşbu körsatkiç 100 mingtaga köpayadi.
Avtomobillarni işlab çiqarişga möljallangan texnologik liniya, KIA Motorsning Rossiyadagi mintaqaviy boş vakolatxonasi iştirokida yaratildi. Kompaniya öz tajribasi va ekspertizasini Roodell rahbariyati bilan örtoqlaşdi va hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirişni kutmoqda.

“MDH bozori katta salohiyatga ega, KIA avtomobillariga qiziqiş tobora ortayotganini körib turibmiz. Bu KIA Motors Russia & CISning mintaqaviy vakolatxonasini boş rahbari sifatida dastlabki yirik loyihalaridan biridir. Yangi zavodda KIA'ning eng sönggi va yuqori texnologik modellari işlab çiqariladi, çunki biz Özbekistonga va hamkorlarimizga işonamiz. Yangi zavod rahbariyati va butun jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, dedi KIA Motors Rus & CIS HQ prezidenti Çjin-Xa Kim.
2020 yil noyabr oyida “Jizzax” EIZda biznes-klass sedanining yangi global nomiga aylangan KIA K5 avtomobili va dunyoda sensatsiya hisoblangan hamda köplab bozorlarda eʼtibor qozongan KIA Seltos ixçam krossoveri işlab çiqarila boşlanadi. Ikkala model ham öz segmentlarida yuqori raqobatbardoşligi, ajoyib dizayni, dinamik xususiyatlari va qulay yuqori texnologik funktsiyalari bilan ajralib turadi.









