1️⃣Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi oilaviy korxona vakili fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish uchun tegishli vakolatga ega bo‘lmasada, o‘zganing ishonchiga kirib, u va uning 2 nafar qarindoshini Saudiya Arabistoniga muborak safarga jo‘natish hamda ezgu amallarni to‘la-to‘kis ado etishlari uchun sharoit yaratib berish evaziga 3450 AQSH dollari talab qilgan.
Lekin, u so‘ralgan pul mablag‘idan 3000 dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2️⃣Bu kabi qonunbuzilish holati Namangan viloyatida ham qayd etildi.
Xususan, Namangan tumanida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari Uchqo‘rg‘ontumanida yashovchi fuqaroni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 1350 AQSH dollari talab qilib, oldindan 1200 dollar olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etishni va’da qilayotgan shaxslarning litsenziyalarini tekshirish, shubhali takliflarga aldanmaslik hamda to‘lovlarni amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.
Тасодифий хабарлар
1 сентябрдан нималар ўзгаради?
Дубай шаҳзодаси ов қилиш учун Ўзбекистонга келди
ЎФА мухлислардан Ўзбекистон-Қатар ўйинига максимал эртароқ келишни сўради
Долларнинг расмий курси янгиланди
Жиззахда хонадондан 35 млн сўм пул ва 13 дона тақинчоқни ўғирлаб кетган шахслар ушланди