Roskomnadzor Fergana News agentligi saytini Rossiya hududida bloklab qo‘ydi. Ushbu nashr taqiqlangan ma’lumotlar yagona reestriga kiritildi.
Qayd etilishicha, agentlik asoschisi va bosh direktori Daniil Kislov bu xabarni tasdiqlagan. Saytga kirish 1-oktabr kuni cheklab qo‘yilgan. Fergana News tahririyati Roskomnadzor bu haqda ularni ogohlantirmagani va bloklanish sababini bilmasligini ta’kidlagan.
“Bloklanish biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi, biz bu vaziyat bilan shug‘ullanamiz. Sayt nima uchun ogohlantirishsiz bloklanganiga izoh talab qilib Roskomnadzorga so‘rovnoma yubordik”, — deya ma’lum qilgan Fergana News bosh muharriri Mariya Dubnova.
Hozircha Fergana News va Roskomnadzor o‘rtasida fakat bitta mojaro bor edi va u hali ham hal qilish bosqichida turgandi. Jahon sudi 2-oktabr kuni turkmanlarning “Iyegova guvohlari” diniy tashkiloti Rossiyada taqiqlanganligini ko‘rsatmagani uchun Fergana News bosh muharririni jarimaga tortish-tortmaslik masalasini ko‘rib chiqadi.
Fergana News agentligi 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo haqida yozadigan OAVdir.
Eslatib o‘tamiz, Fergana News O‘zbekiston hududida ham 2019-yil may oyiga qadar bloklangan edi.
Тасодифий хабарлар
Қайси вилоятда қанча одам уй карантинига олингани маълум бўлди
Тошкентда ОИВга чалинган бўлса-да, мижозларга интим хизмат кўрсатаётган “трансвестит” шахслар аниқланди
Рулда ухлаб қолган андижонлик ҳайдовчи икки кишини уриб юборди. Пиёдалар вафот этди
Бу ҳаммамизга келган синов — Президент онкологияда даволанаётган болалардан хабар олди
Шавкат Мирзиёев Эрдўғон билан телефон орқали мулоқот қилди