Shveysariyaning Sun-Ways startapi temir yo‘llar oralig‘iga quyosh panellari o‘rnatmoqda. Bu texnologiya hali sinov tariqasida bo‘lsa-da, boshqa davlatlarda ham qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Swiss Info xabar berdi.
Sun-Ways startapi doirasida Shveysariyaning g‘arbiy qishlog‘i Buttesdagi temir yo‘llarga 100 metr quyosh panellari o‘rnatildi. Temir yo‘llarning ulkan yer maydonidan foydalanib, loyiha fotoelektrik energiya ishlab chiqarishda inqilob qilishni maqsad qilgan.
“Quyosh panellarini xuddi uy tomiga o‘rnatgandek o‘rnatib chiqdik. Muntazam yomg‘ir yog‘ayotgan bir paytda quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish oson bo‘lmadi. Lekin men juda xursandman”, dedi startap asoschisi Skuderi.
Quyosh energiyasi temir yo‘l infratuzilmasiga birinchi marta o‘rnatilmayapti. Germaniya, Italiya, Fransiya va Yaponiyadagi loyihalar ham relslar orasida quyosh panellarini sinovdan o‘tkazmoqda. Biroq Shveysariya loyihasi birinchi bo‘lib oson yechiladigan tizim ishlab chiqdi. Boshqacha qilib aytganda, kerak bo‘lmagan payt panellar osongina yechib olib qo‘yilishi mumkin bo‘ladi.
Quyosh batareyalari qo‘lda yoki Scheuchzer kompaniyasi ishlab chiqargan mashinada o‘rnatiladi. Mashina bir necha soat ichida 1 000 kvadrat metrga yaqin quyosh panellarini o‘rnatishi yoki yig‘ib olishi mumkin. Panellarni toza saqlash uchun poyezdlar oxiriga silindrik cho‘tka joylashtiriladi.
Тасодифий хабарлар
Наманганда 243 гектар ер ўзлаштириб олинганлиги аниқланди
Бензин нархи арзонлаштирилди
Ҳиндистонлик аёл 104 ёшида ўқиш ва ёзишни ўрганди
Юк машинасидан топилган 39 жасад борасида янги маълумотлар аниқланди (видео)
Қозоғистон воқеаларидан қандай хулоса чиқаришимиз лозим?