“O‘tgan hafta ukam og‘zi qulog‘ida Samarqanddan telefon qildi: qiz farzand ko‘ribdi. Qo‘shilib quvondik. Ertasi kuni xafa bo‘lib telefon qildi: chaqaloq yurak porogi bilan tug‘ilganmish... Sabr tiladik. Keyingi kuni vahima bilan telefon qildi: chaqaloq jonlantirish bo‘limida emish. Xudoga iltijo qildik. To‘rtinchi kuni yig‘lab telefon qildi: ‘aka, taqdir ekan, uzildi’ ”, — deb yozadi jurnalist.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar chaqaloq “uzog‘i bilan bir soatda o‘lishi”ni aytib, uni uyiga qaytarib yuborgan. Chaqaloq otasidan esa “bolamni og‘ir ahvolda o‘z xohishim bilan olib chiqib ketyapman”, deb tilxat yozdirib olingan.
Yurak porogi bilan tug‘ildi degan chaqaloq 4 kun shifoxonada bo‘lgan. Biror marta onasiga ko‘rsatilmagan, emizilmagan. To‘rtinchi kuni “baribir o‘ladi” deb, ota-onasining qo‘liga tutqazilib, uyga javob berib yuborilgan. Bola yarim yo‘lda “uzilgan”dek bo‘lgan. Otasi yig‘lab hammaga telefon qilib chiqqan. Ular uyga borguncha domla chaqirilgan, 2—3 kishi qabr qazishga kirishgan. Chaqaloqni ko‘mishga tayyorlayotganda kimdir bilinar-bilinmas tamshanganini ko‘rib qolgan. Shundan keyin chaqaloqning buvisi (85 yosh) tashabbusni qo‘lga olgan va o‘zining uslubida chaqaloqni “silkilab”, “tiriltirib” olgan.
Ta’kidlanishicha, bola och qolib ketgan. Shifokorlar chaqaloqning tomiriga ukol qilib, hatto ignasini ham olmagan.
“Keyingi paytlarda do‘xtirlarning kaltaklanayotganini eshitib hayron bo‘lgandim. Endi hammasi tushunarli! Darvoqe, chaqaloqning qulog‘iga azon aytib, ismini Imona qo‘yib keldik. Xudoga shukr, hozircha hammasi joyida”, — deb yozadi Alisher Nazar.
Manba: Daryo uz
Тасодифий хабарлар
Ikki yil ichida oltin va kumush qazib chiqarish 300 tonnaga etkaziladi
Ўзбекистонда қизлар мактабда миллий рўмол ва дўппида бўлишига рухсат берилди
Одамлар хавотирда: "Банкда доллар тугаб қолмасмикин?" (фото)
Пригожин нега Москвага ҳужум қилмоқчи бўлганини айтди
Ўзбекистонда кибержиноятчилик учун жиноий жавобгарлик қайта кўриб чиқилади