O‘zbekistondagi ko‘plab tijorat banklar aholiga dollar sotishni boshladi, deb xabar bermoqdaSputnik
Jumladan, “Ipak Yo‘li” banki ertalabdan valyuta sotishni boshlagan. Buning uchun bankka naqd pul va pasport bilan borish lozim. Ushbu bankda dollar 9 450 so‘mdan sotiladi, 9 350 so‘mdan sotib olinadi.
Xabarda aytilishicha, keyinchalik har bir bankda o‘zining sotish va sotib olish kursi bo‘ladi.
Asia Alliance Bank’da valyuta ayirboshlash shoxobchalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etilgan. Bankka 21-avgustdan kelish tavsiya qilingan.
“Kapitalbank” vakili esa bank ayirboshlashga tayyor ekanligini aytgan. Xizmat ko‘rsatish soat 14:00 dan boshlanishi ta’kidlangan, lekin xizmatdan o‘z vaqtida foydalanish uchun 21-avgustdan kelish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 20-avgustdan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.
Тасодифий хабарлар
2021 йилнинг "биринчи аварияси" юзасидан расмий маълумот берилди
Американи остин-устин қилган ўлим сабаби маълум бўлди
Наманганда ҳам коронавирус аниқлангач, шаҳарга кириш ва чиқиш тўхтатилди
Тошкент вилоятида сохта ЙПХ инспектори қўлга тушди
Turkish Airlines “Истанбул-Бухоро” парвозларни йўлга қўйди