Islandiyada ilk bor muzlik butunlay eridi. Uni tarixga muxrlash va insoniyatni bo‘lajak xavfdan ogohlantirib turish maqsadida “Kelajakka maktub” yodgorligi o‘rnatiladi.

Islandiyada yuqori harorat sabab ilk bor muzlik erib ketdi. Shu munosabat bilan “Kelajakka maktub” nomli yodgorlik o‘rnatiladi va u endi insoniyat vaqtida chora ko‘rmasa iqlimiy o‘zgarishlar Yer yuzini nimalarga olib kelishi haqida ogohlantirib turadi.

Yo‘qotilgan muzlik sabab o‘rnatiladigan dunyodagi birinchi yodgorlik
“Keyingi 200 yil ichida boshqa muzliklarimiz ham erib ketadi”, – degan yozuvlar yodgorlikka bitiladi.

Keyingi oy quriladigan yodgorlikda “Kelajakka maktub” so‘zlarining tagida “Bu yodgorlik nimalar sodir bo‘layotgani va nima qilish kerakligini bilishimizni eslatib turadi”, degan yozuvlar bor.
“Bu yo‘qotilgan muzlik sabab o‘rnatiladigan dunyodagi birinchi yodgorlik bo‘ladi,” – deydi antropolog Saymon Xouv.
Endi nima bo‘ladi?
Muzlikning erishi vulqon tizimlariga bosimni kamaytirgani sabab, vulqonlar harakati oshishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yana katta muzliklarning erishiga olib keladi.

Tarixiy ko‘lamdagi suv toshqini
Katta muzlar erigach, tarixiy ko‘lamdagi suv toshqinlari ham yuzaga kelib, landshaftlarni o‘zgartirishi, o‘simliklarni vayron qilishi va tabiat va infrastrukturani xavf ostida qoldirishi mumkin.
Тасодифий хабарлар
Роналду «Барселона»га ўтиши мумкин, Месси эса жамоани тарк этмоқчи
Ўзбекистон автобуси Қозоғистонда ЙТҲга учради
Олий суд таркибига ўзгартиришлар киритилди
Registon maydonida “Sharq taronalari”ga tayyorgarlik boshlandi (foto)
Хайрулла Бозоров “Namangan square”, Нанай ва 2020 даги 500 миллионлик режалари ҳақида