Xivada Malayziya kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi internet joriy qilinadi

Xivada Malayziya kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi internet joriy qilinadi

19 iyul kuni Özbekistonning Malayziyadagi elçisi Ravşan Usmanov mahalliy «Hadid Engineering» kompaniyasi boşqaruvi raisi Suxpiyon Orifin bilan uçraşdi.

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantiriş departamenti matbuot xizmati xabariga köra, elçixonada ötgan uçraşuvda Xiva şahrida yuqori tezlikdagi simsiz internetni (WiFi) joriy etiş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

«Hadid Engineering» - telekommunikatsiya va injiniring xizmatlarini taqdim etuvçi, şuningdek, yirik sanoat, tijorat va uy-joy obʼektlarini quriş bilan şuğullanuvçi yirik kompaniyadir. 2019 yil yanvar oyida Toşkentda kompaniya tomonidan Özbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun «Hadid Kazanakh» MÇJ taşkil qilingan edi. Bu yönalişda Malayziyaning yirik internet provayderi «TM Global» bilan hamkorlik qiliş ham közda tutilgan.

Muzokaralar yakuniga köra, 2019 yil sentyabr oyida Xorazm viloyatida kompaniya vakilligini oçiş haqida ham kelişib olindi. Vakillik «Hadid Engineering» kompaniyasining investitsiyalarini jalb qilgan holda Xiva şahrida va Özbekistonning boşqa hududlarida yuqori tezlikdagi internetni joriy qiliş loyihalari bilan şuğullanadi.

×