Navoiyda rahbar ayol fojiasi: er xotinini nega öldirganini aytdi (video)

Navoiyda rahbar ayol fojiasi: er xotinini nega öldirganini aytdi (video)

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mudhiş qotillik sodir etilgani, tuman xalq taʼlimi bölimi rahbari Madina Otaniyozova öz eri tomonidan vahşiylarça öldirilgani haqida xabar berilgan edi.

«Sevimli» kanalining «Zamon» informatsion-tahliliy dasturida qotillik tafsilotlariga oydinlik kiritildi.

Qayd etilişiça, marhuma 6 sentyabrda yaxşi kayfiyatda işdan qaytadi. Qiziga kitob sovğa qiladi, ustini almaştirib çiqişini aytib, yotoqxonaga kiradi. Biroz vaqtdan söng yotoqxonadan baqir-çaqir ovozi eşitiladi.

10 yoşli qiz otasining doimgidek onasidan pul talab qilişga kelganini payqab, qöşnilarni yordamga çaqiriş uçun köçaga çiqadi.

U qaytganida esa onasi qonga belanib, suv sörab jon berayotgan edi, deyiladi reportajda.

«Kelganimda onam suv-suv deb baqirardi. Keyin közlari oçiq qoldi, yumilmadi, lablari kökarib, gapirmay qoldi», — deydi marhumaning qizi.

«Ikki oyça oldin kelganimda eri bilan birga yaşardi. Keyin umuman körmadim erini men. Qizimning erini şu holga keltirişini tasavvur ham qilolmayman», — deydi marhumaning onasi.

Voqea joyiga kelgan qöşnilar darhol tez yordam va içki işlar xodimlarini çaqirgan.

«Biroq endi keç edi. Şu kuni uyning orqa devoridan ayolning yotoqxonasiga kirgan va unga 17 marta piçoq urgan qotil uning eri Şavkat Raimov edi», — deyiladi reportajda.

Şavkat Raimov qotillikni sodir etgaç, uydagi şkaf tortmasidan pullarni olib, voqea joyidan qoçib ketgan.

«Kelişmay qolgandik. U bilan gaplaşib olmoqçi edim. Yaxşi gaplaşmagani uçun şunday qildim. Qilgan işimdan puşaymonman», — deydi Şavkat Raimov.

Mudhiş qotillik sodir etilgan mahallada 200 dan ortiq fuqaro iştirokida jinoyat muhokama etildi. Unda sözga çiqqanlar marhumani masʼuliyatli rahbar, irodali ayol sifatida yodga oldi.

«Arzimagan oilaviy nizo tufayli bugun ikki farzand onasiz qoldi. Marhumaning farzandlarini mahalla faollari qaramoğiga oliş istagini bildirdi», — deyiladi reportajda.

Holat böyiça jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×