COVID-19 ga qarşi kuraşda Özbekiston mintaqa davlatlariga örnak böldi – Haberturk

COVID-19 ga qarşi kuraşda Özbekiston mintaqa davlatlariga örnak böldi – Haberturk

Turkiyaning yuqori reytingga ega bölgan “Haberturk” naşri Özbekistonning mart oyidan boşlab davom etayotgan koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş borasidagi faoliyatini tahlil qilib, mamlakatning qölga kiritgan yutuqlari mintaqada boşqa davlatlarnikidan ajralib turgani, kasallaniş va ölim holati past darajadaligi, soğayiş körsatkiçi yuqorilab borayotgani va bunga öz vaqtida körilgan çoralar sabab bölganini aytib çiqdi. Naşr tahlilida Özbekiston boşqa mamlakatlarga namuna sifatida körsatilgan. Unda şunday yoziladi: 

Koronavirus epidemiyasining birinçi kunlaridan boşlab, Özbekiston hukumati boşqa mamlakatlardan farqli ölaroq, Navröz kabi ommaviy marosimlarni va maktablar faoliyatini töxtatdi. Boşqa mamlakatlar bilan havo va quruqlik yöllari yopildi, temir yöllar qatnovi töxtatildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev  Epidemiya boşlanişi bilan fuqarolarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan jami 14 banddan iborat qarorni imzoladi. 

Epidemiya butun dunyoga tarqalişi bilan, Özbekiston hukumatining muvaffaqiyatli kuraşi mintaqadagi mamlakatlar bilan taqqoslaganda juda kam yöqotişlarni taʼminladi. Epidemiya tarqaliş tezligi pasayganidan keyin boşlangan normallaşuvdan söng, yana kasallaniş körsatkiçi ösişi kuzatildi. Yangi holatlar sonining ösişi hukumatni erta çoralar körişga majbur qildi. Mamlakatdagi epidemiya tezligi yana erta çoralar körilişi ortidan nazorat ostiga olindi. 

Özbekiston hukumati tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar soğliqni saqlaş tizimi salohiyatini, individual himoya vositalari va boşqa tibbiy asbob-uskunalarni mustahkamlaşga sarflandi.

Inqirozga qarşi olib borilgan moliyaviy çoralar doirasida Moliya vazirligi tomonidan 10 trillion söm (1 milliard AQŞ dollari) miqdorida Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi taşkil etildi. Bugungi kunda uşbu fonddan 5 293 milliard söm (520 million AQŞ dollari) mablağ sarflangan. Bundan taşqari, koronavirus epidemiyasi tarqalişining oldini oliş uçun qöşimça investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun 746 milliard söm (74 million AQŞ dollari), qöşimça investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun 1 741 milliard söm (170 million dollar), fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş uçun 641 milliard söm (62 million dollar), iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun 2 166 milliard söm (210 million AQŞ dollari) ajratildi. Öz vaqtida olingan çora-tadbirlardan 500 mingdan ortiq korxona va 8 million fuqaro foydalandi va viloyatlarda bu miqdor 30 trillion söm (3 milliard AQŞ dollari)ni taşkil etdi. 

Hozirda mintaqadagi mamlakatlar bilan taqqoslaganda, Özbekistonda koronavirusdan soğayiş körsatkiçi yuqori va yangi holatlar nisbatan kam. Özbekistonda bemorlar soni har yuz ming kişiga 35 nafardan töğri kelmoqda. Bu körsatkiç Rossiyada 484,  Belarusda 681, Qozoğistonda 291, Qirğizistonda 143 va Armanistonda 1024 kişini taşkil qiladi. 34 million aholisi bölgan Özbekistonda kasallaniş soni 18,5 million aholiga ega bölgan Qozoğistonga nisbatan 5 baravar kam. 

Mamlakatda koronavirus infektsiyasidan ölim darajasi ham juda past – 0,4 foiz. Bu Qirğiziston va Qozoğiston kabi qöşni davlatlarga qaraganda 2-3 baravar kam degani. Bu körsatkiç Rossiyada 1,5%, AQŞda 4%,  Braziliyada 3% va Hindistonda 3%ni taşkil etmoqda. 

Özbekiston bu natijaga qanday erişdi? 

Özbekistonda koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni aniqlaş va ularga zarur yordam körsatiş tölaligiça davlatning zimmasida. Koronavirusga qarşi kuraşga jami 1,7 trillion söm (1,7 milliard AQŞ dollari) ajratildi. Har bir bemorga örtaça 32,3 million söm (3200 AQŞ dollari), intensiv terapiyada davolanuvçilar uçun 64,4 million söm (6300 AQŞ dollari) sarflanadi. Fair Health maʼlumotlariga köra, AQŞda koronavirus bilan kasallanganlar uçun 73,3 ming dollar, agar ularning suğurtasi bölmasa, 38 ming dollar sarflanadi. 

COVID-19 jarayonida Özbekiston hukumati soğliqni saqlaş xodimlari uçun 878 ming dona kombinezonlar yetkazib berdi. Şu bilan birga Toşkent şahridagi 4 637 örinli 16 ta soğliqni saqlaş markazlarining 3 580 ta yotoqlarini COVID-19  kasallariga ajratdi. Viloyatlarda koronavirus bilan kasallanganlar uçun jami 3 367 örinli 22 ta şifoxona ajratilgan. Epidemiya davrida 7 130 ta zaxira yotoqlar foydalanişga topşirildi va Toşkentda oçilgan yuqumli kasalliklar şifoxonasida taxminan 2000 nafar bemorni davolaş imkoniyati yaratildi. Şuningdek, mamlakat böylab umumiy yotoq hajmi 10 ming kişiga möljallangan karantin markazlarida tibbiy xizmatlar körsatilmoqda. 

Iqtisodiyotga qaratilgan eʼtibor bilan imkoniyatlar saqlab qolindi

Iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston hukumati avval daromad soliğini nolga tuşirdi. Soğliqni saqlaş va bojxona tölovlari, ayniqsa, pandemiyadan zarar körganlar uçun tölovlar keçiktirildi. Kiçik va örta biznes qöllab-quvvatlandi. Tadbirkorlar yer va mol-mulk soliğidan ozod etildi. 

Uşbu davr mobaynida xizmat körsatiş sohasida 60% va işlab çiqariş sohasida 77% korxonaning faoliyati saqlab qolindi. May oyining örtalaridan boşlab kiçik va örta biznesga yetadigan zararning oldini oliş böyiça bosqiçma-bosqiç iş olib borilmoqda. 

Amaldagi korxonalarni rivojlantiriş va yangilarini oçiş orqali 3 oy içida 374 ming fuqaro iş bilan taʼminlandi. 33 ming kam taʼminlangan oilalarga moliyaviy yordam, 27 ming işsiz fuqaroga 10 milliard söm (1 million AQŞ dollari) miqdorida moddiy yordam körsatildi. 

Xalqaro institutlarning maʼlumotlariga köra, dunyoning barça mamlakatlarida iqtisodiy ösiş pasaygan. Biroq, ösiş körsatkiçi Özbekistonda saqlanib qolmoqda. Jahon bankining aprel oyidagi maʼlumotlariga köra, butun yil davomida Özbekistonda iqtisodiy ösiş 1,6%, Fich Ratings hisobiga köra ösiş 2% ni taşkil etadi. YETTBning may oyidagi maʼlumotlariga köra, Özbekiston iqtisodiyoti 1,5 foizga ösişi mumkin. 

Xulosa qilib aytganda, mamlakatda epidemiya davrida körilgan çora-tadbirlar tufayli iqtisodiy inqiroz bir oydan ortiq kuzatilmadi. Mamlakatda çeklovlarni yumşatiş va hayotni tiklaş jarayoni jadal davom etmoqda. 

Xorijiy savdoda ham yuqori natija

Bugun har qanday sohada Özbekiston taraqqiyoti yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda. Mamlakat böylab taşqi savdo aloqalarini örnatiş va rivojlantiriş katta ahamiyatga ega. Mamlakat umuman demokratik özgarişlarga, şuningdek, iqtisodiy ehtiyoj va talablarga javob beradigan maqomga ega. Şu örinda, yirik iqtisodiyotga ega bölgan Amerika Qöşma Ştatlari, Özbekiston bilan umumiy aloqada bölgan mamlakatlar orasida birinçi örinda turadi. Hamkorlik doirasidagi ikki tomonlama munosabatlar darajasi raqamlarda aks etadi. 2019 yilda ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi 2018 yilga nisbatan 44 foizga, import hajmi esa 49,9 foizga ösdi. 

Pandemiyaga qaramay, qayd etilgan yuqori körsatkiçlar özaro munosabatlar uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega ekanligini körsatadi. Bularning barçasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining amaliy va uzoq muddatli iqtisodiy siyosati samarasi ekani va mavjud salbiy vaziyat vaqtinçalik ekanini isbotlamoqda. 

Özbekistondagi içki va taşqi iqtisodiy siyosat dunyo eʼtiborini tortmoqda. Siyosatşunoslar Özbekistonning özgarayotgani va taşqi siyosiy yutuqlari haqida fikr bildirmoqda. Bularning barçasi mamlakatning jahon hamjamiyati bilan birlaşa boşlaganligini körsatadi.

×