Soğliqni saqlaş vazirligi boş boşqarma boşliği Farrux Şaripov 6 sentyabr holatiga köra ahvoli oğir bemorlar haqida maʼlumot berdi.
Öta oğir va oğir holatdagi 564 nafar bemordan 110 nafari sunʼiy nafas oliş apparatida, 222 nafari noinvaziv sunʼiy nafas apparatida SIPAP rejimida hamda 175 nafari maxsus moslama yordamida burun orqali kislorod olmoqda.
Öta oğir va oğir ahvoldagi 564 nafar bemorning 353 nafari Zangiota kompleksiga, 56 nafari Toşkent şahriga, 38 nafari Samarqand viloyatiga, 31 nafari Sirdaryo viloyatlariga, 21 nafari Qaşqadaryo, 17 nafari Surxondaryo, 6 nafardan Buxoro va Jizzax, 3 nafardan Namangan va Xorazm hamda 1 nafari Qoraqalpoğistonga töğri keladi.
Farrux Şaripov, Soğliqni saqlaş vazirligi boş boşqarma boşliği
SSV boş boşqarma boşliği 564 nafar bemordan faqat 535 nafari haqida maʼlumot bergan. Qolgan 29 bemor qaysi hududdan ekanligiga aniqlik kiritmagan. Andijon, Navoiy va Farğona viloyatlari böyiça ham maʼlumot berilmagan.
Sirdaryo viloyatida oxirgi marta 30 avgust kuni yangi bemorlar aniqlangandi. Öşa kuni viloyatda davolanayotgan bemorlar soni 48 nafarni taşkil etayotgandi. 3 sentyabrga kelib Sirdaryoda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar 31 nafarga tuşgandi. Öşandan buyon yangi bemorlar ham röyxatga olingani ham yöq, tuzalgani ham yöq. Endi maʼlum bölyaptiki, davolanişdagi 31 kişining bari oğir ahvolda.
Maʼlumot uçun, hozirda Sirdaryoda 761 kişida koronavirus aniqlangan, ulardan 728 nafari soğaygan, 2 kişi esa vafot etgan.
Surxondaryo viloyatida ham ahvoli oğir bemorlar köpligi maʼlum böldi. Davolanişdagi 21 kişidan 17 nafarining ahvoli oğir. Jizzax viloyatida davolanayotgan bemorlarning 11 nafaridan 6 nafari oğir ahvolda bölib turibdi.









