Tojikiston va Qirğiziston çegarasida keça otişma bölib ötdi. Xabar qilinişiça, bir kişi vafot etgan va beş kişi yaralangan.
Qirğiziston tomonining maʼlumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 17:00da (Toşkent vaqti bilan 16:00) Qirğiziston va Tojikiston fuqarolari örtasida janjal kelib çiqqan. Bişkek tomoni bergan bayonotga köra janjalga Tojikistonning Vorux qişloği aholisi tomonidan bayroq örnatişga bölgan harakat sabab bölgan.
Bayroq örnatilişiga qirğizlar istiqomat qiladigan Aksay qişloği aholisi qarşilik qilgan. Avvaliga dahanaki jang boşlanadi, söngra tomonlardan biri öqotar qurol işlatadi. Öq fuqarolar tomonidan, ov qurolidan otilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra beş kişi yaralangani aytilgan edi. Keyinçalik yaralanganlar soni önlab ekani aytildi. Oradan köp ötmay otişma röy bergan joyga Qirğiziston çegara qöşinlari askarlari yetib kelgan va ikki davlat vakillari janjal kuçayib ketmasligi uçun iş boşlagan.
Tojikiston tomoni bergan bayonotga köra janjal boşlanişiga tojiklar bayroq örnatmoqçi bölgani emas, balki qirğizlar Vorux qişloği hududida «Aksay» yozuvini örnatmoqçi bölgani sabab bölgan. Tojikistonning Isfara tumani hokimligi tomonidan xabar qilinişiça, otişma tufayli 1 kişi vafot etgan va beş kişi yaralangan. Vafot etgan şaxs Vorux qişloğida istiqomat qilgan Jalol Karoyev ekani aytilmoqda.
Qirğiziston-Tojikiston çegarasida kelişmovçiliklar avval ham bölgan. Asosiy sabab esa çegara aniq örnatilmagan hududlar hamon mavjudligidir. Baʼzan hatto çegaraçilar örtasida ham kelişmovçiliklar bölib turadi.









