UzAuto Motors mijozlar bilan şartnomalar tuzişni mart oyidan boşlaydi

UzAuto Motors mijozlar bilan şartnomalar tuzişni mart oyidan boşlaydi

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra kabi modellar sotuvi yil boşidan töxtatilgan edi. Bu – kompaniyada boşqaruvning yangi tizimiga ötilayotgani bilan izohlangan.

UzAuto Motors qator xaridorgir avtomobil modellariga mijozlar bilan şartnomalar tuzişni mart oyidan qayta yölga qöyadi. Bu haqda Kun.uz manbasi maʼlum qildi.

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra kabi Asakadagi zavoddan çiqadigan avtomobillar sotuvi bir neça hafta ilgari vaqtinça töxtatilgan. Yanvar oyida UzAuto Motors'ning avtomobil işlab çiqarişi ötgan yil yanvari bilan soliştirganda 4 barobarga qisqargan; masalan, Lacetti-Gentra modelidan atigi 5 dona işlab çiqarilgan.

Kompaniya buni biznes jarayonlarini boşqarişning kompleks avtomatlaştirilgan tizimi – ERP/CRM SAP'ga ötilayotgani bilan izohlagan.

Qayd etilişiça, yangiça boşqaruv tizimida işlab çiqariş, sotiş, kadrlar bilan işlaş va buxgalteriya hisobini yuritiş töliq avtomatlaştiriladi; avtomobillar savdosining şaffofligi taʼminladi.

Sotuv bunga qadar tuzilgan şartnomalar böyiça barça majburiyatlar bajarilişi maʼlum qilingan.

«Yangi tizimning joriy etilişi mijozlarga avtomobillarni yetkazib beriş vaqtiga taʼsir qilmaydi», – deyilgan kompaniya axborotida.

Ayni kunlarda internetda Özbekistonga Chevrolet Onix modelidan bir neça dona olib kelinganini körsatuvçi surat tarqaldi. UzAuto Motors matbuot xizmatining Gazeta.uz'ga tasdiqlaşiça, yangi model «mahalliy iqlim şaroitida sinab köriş va potentsial xaridorlar fikrini örganiş» uçun namuna sifatida keltirilgan.

Foto: Voditeli Taşkenta (Drivers.uz)

Özbekiston avtosanoatçilari Chevrolet Onix işlab çiqariş özlaştirilişi haqida 2019 yildan buyon aytib keladi.

Avvalroq, Chevrolet öz modellari qatorini yangilaşi sababli, UzAuto Motors AQŞdan import qilib kelgan Equinox avtomobili uçun şartnoma tuziş töxtatilgandi. Yangi avlod Equinox Özbekistonda qaçon paydo bölişi hozirça maʼlum emas.

Ötgan oyda yangi avloddagi Chevrolet Tracker'ning bazaviy komplektatsiyasi narxi 166,9 mln söm, LT komplektatsiyasi esa 222 mln bölişi maʼlum qilingandi.

×